Talabalardagi intellektual-ijodiy qobiliyatning o‘quv motivlari bilan bog‘liqligi

ABDUVALIYEVA, DILSORA

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

kirishsa, uning mavjud intellektual resurslarini faollashtirish, bilimlarni qayta tashkil etish va yangi yechimlarni izlash ehtimoli shunchalik ortadi. Biroq mazkur jarayon intellektning turiga qarab turlicha namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kommunikativ motivlar bilan mantiqiy-matematik intellekt o‘rtasida r=0,291 (p<0,01) darajasida musbat, o‘rtacha kuchdagi bog‘lanish aniqlangan. Shuningdek, kommunikativ motivlar kinestetik intellekt bilan r=0,289 (p<0,01) va shaxs ichidagi (intrapersonal) intellekt bilan r=0,335 (p<0,01) darajasida ijobiy bog‘langan. Mantiqiy-matematik intellekt va kommunikativ motivlar o‘rtasidagi bog‘liqlik dastlab bir-biridan nisbatan uzoq psixologik hodisalar sifatida ko‘rinishi mumkin. Biroq chuqurroq tahlil qilinganda, talabaning mantiqiy fikrlashi ijtimoiy-kommunikativ faoliyatda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinadi. Muloqot jarayonida fikrni izchil ifodalash, sabab va oqibatlarni ajratish, suhbatdosh fikrining mantiqiy tuzilishini anglash, dalillarni taqqoslash va xulosaga kelish kabi jarayonlar mantiqiy tafakkurning elementlarini talab qiladi. Shu sababli mantiqiy-matematik intellekti yuqoriroq bo‘lgan talabalarda muloqotga ehtiyojning yuqoriligi ularning fikr almashish, muammoni birgalikda muhokama qilish va o‘z intellektual imkoniyatlarini ijtimoiy muhitda namoyon etishga intilishi bilan izohlanishi mumkin. Kommunikativ motivlarning kinestetik intellekt bilan r=0,289 darajasidagi bog‘liqligi esa faol muloqotning faqat verbal jarayon bilan cheklanmasligini ko‘rsatadi. Kinestetik intellekt insonning tana harakatlari, amaliy faoliyat, koordinatsiya va harakat orqali ma’lumotni o‘zlashtirish imkoniyatlari bilan bog‘liq. Bunday xususiyatga ega talabalar o‘zaro faoliyat, guruhiy mashg‘ulotlar, amaliy topshiriqlar, rolli o‘yinlar va bevosita ishtirokni talab qiluvchi faoliyatlarda …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarABDUVALIYEVA, DILSORA
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-10-23
Son9
Betlar169-175
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.806
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

intellectual and creative abilities, academic motives, types of intelligence, correlation analysis, creative self-realization. Talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatining motivatsion jihatini ta’lim motivlari bilan bog‘lab o‘rganish uchun A.A. Rean va V.A. Yakuninlarning N.S. Badmayeva tomonidan modifikatsiya qilingan “Talabalarning o‘quv motivatsiyasini diagnostika qilish” metodikasi oʻtkazildi. Mazkur test talabalarning ta’lim bilan bog‘liq kommunikativ, o‘zini olib qochish, obro‘, profes, интеллектуально-творческие способности, учебные мотивы, виды интеллекта, корреляционный анализ, творческая самореализация

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAABDUVALIYEVA, DILSORA (2026). TALABALARDAGI INTELLEKTUAL-IJODIY QOBILIYATNING O‘QUV MOTIVLARI BILAN BOG‘LIQLIGI. Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 169-175. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.806
GOST (OAK)ABDUVALIYEVA, DILSORA TALABALARDAGI INTELLEKTUAL-IJODIY QOBILIYATNING O‘QUV MOTIVLARI BILAN BOG‘LIQLIGI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 9. – B. 169-175. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.806.
MLAABDUVALIYEVA, DILSORA. “TALABALARDAGI INTELLEKTUAL-IJODIY QOBILIYATNING O‘QUV MOTIVLARI BILAN BOG‘LIQLIGI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 169-175, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.806
ChicagoABDUVALIYEVA, DILSORA. “TALABALARDAGI INTELLEKTUAL-IJODIY QOBILIYATNING O‘QUV MOTIVLARI BILAN BOG‘LIQLIGI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 169-175 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.806
HarvardABDUVALIYEVA, DILSORA (2026) ‘TALABALARDAGI INTELLEKTUAL-IJODIY QOBILIYATNING O‘QUV MOTIVLARI BILAN BOG‘LIQLIGI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 169-175. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.806
BibTeX
@article{abduvaliyevadilsora2026,
  title = {TALABALARDAGI INTELLEKTUAL-IJODIY QOBILIYATNING O‘QUV MOTIVLARI BILAN BOG‘LIQLIGI},
  author = {ABDUVALIYEVA, DILSORA},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {9},
  pages = {169-175},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.806},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.806}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

ABDUVALIYEVA, DILSORA — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari