Oliy ta’lim muhitida talabalarning ijtimoiy begonalashuvi va marginal holatining psixologik xususiyatlari

NAZAROVA, MANZURA

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida talabaning akademik muvaffaqiyati faqat uning intellektual salohiyati, bilim va ko‘nikmalari bilan belgilanmaydi. Talabaning ta’lim muhitiga psixologik moslashuvi, o‘zini muayyan talabalar guruhining a’zosi sifatida his qilishi, professor- o‘qituvchilar bilan konstruktiv munosabat o‘rnata olishi hamda ta’lim muassasasining qadriyatlarini qabul qilishi uning shaxsiy va akademik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Talabalik davri shaxs rivojlanishining o‘ziga xos bosqichi bo‘lib, unda insonning ijtimoiy maqomi, mustaqillik darajasi, kasbiy identifikatsiyasi va hayotiy maqsadlari qayta ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, maktab yoki kollej muhitidan oliy ta’lim muhitiga o‘tish jarayonida talaba ilgari shakllangan ijtimoiy munosabatlar tizimidan ajralib, yangi guruh, yangi me’yorlar va yangi talablarga duch keladi. Shu nuqtayi nazardan, oliy ta’lim muhitida marginal holat fenomenini o‘rganish dolzarb ilmiy muammolardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Marginal holat tushunchasi dastlab ijtimoiy va madaniy chegaraviylik hodisalarini izohlash doirasida shakllangan bo‘lsa-da, keyinchalik u shaxsning ikki yoki undan ortiq ijtimoiy guruhlar o‘rtasida qolishi, identifikatsiya tizimining beqarorlashuvi va ijtimoiy moslashuvning murakkablashuvini ifodalovchi psixologik- ijtimoiy kategoriya sifatida rivojlantirildi. Oliy ta’lim sharoitida marginal holatni faqat salbiy hodisa sifatida baholash to‘g‘ri emas. Chunki shaxsning avvalgi ijtimoiy tajribasi bilan yangi muhit talablari o‘rtasidagi tafovut ayrim hollarda rivojlanish, o‘zini qayta anglash va yangi ijtimoiy rollarni egallash uchun imkoniyat yaratadi. Biroq ushbu o‘tish davri uzoq davom etsa yoki talaba zarur …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNAZAROVA, MANZURA
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-10-23
Son9
Betlar4-8
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPsixologiya
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.745
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

marginal status, psychological experiences, social identity, social adaptation, alienation, anxiety, loneliness, emotional tension, psychological support, маргинальное положение, психологические переживания, социальная идентичность, социальная адаптация, отчуждение, тревожность, одиночество, эмоциональное напряжение

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANAZAROVA, MANZURA (2026). OLIY TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJTIMOIY BEGONALASHUVI VA MARGINAL HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 4-8. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.745
GOST (OAK)NAZAROVA, MANZURA OLIY TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJTIMOIY BEGONALASHUVI VA MARGINAL HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 9. – B. 4-8. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.745.
MLANAZAROVA, MANZURA. “OLIY TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJTIMOIY BEGONALASHUVI VA MARGINAL HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 4-8, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.745
ChicagoNAZAROVA, MANZURA. “OLIY TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJTIMOIY BEGONALASHUVI VA MARGINAL HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 4-8 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.745
HarvardNAZAROVA, MANZURA (2026) ‘OLIY TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJTIMOIY BEGONALASHUVI VA MARGINAL HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 4-8. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.745
BibTeX
@article{nazarovamanzura2026,
  title = {OLIY TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJTIMOIY BEGONALASHUVI VA MARGINAL HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI},
  author = {NAZAROVA, MANZURA},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {9},
  pages = {4-8},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.745},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.745}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

NAZAROVA, MANZURA — boshqa maqolalari

Psixologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Psixologiya sohasidagi OAK jurnallari