Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini shakllantirishda psixologik kompetentlikning roli

MAKSADOVA, MEXRINISO

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi va professional kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim sifatini ta’minlash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uzluksiz ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan [1]. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qituvchining kasbiy mahorati alohida ahamiyatga ega, chunki mazkur davr bolaning intellektual, emotsional va ijtimoiy rivojlanishida fundamental bosqich hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish hamda pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish ustuvor vazifalar sifatida qayd etilgan [2]. Mazkur talablar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini faqat fan va metodika bo‘yicha tayyorgarlik bilan emas, balki o‘quvchini tushunish, konstruktiv muloqot o‘rnatish va pedagogik vaziyatlarni psixologik jihatdan boshqarish qobiliyatlari bilan birgalikda baholash zarurligini asoslaydi. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’lim dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangilash, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagoglarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan [3]. “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda esa pedagogning kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar belgilab berilgan bo‘lib, bu pedagog shaxsining professional rivojlanishini davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi [4]. Shu jihatdan psixologik kompetentlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini ta’minlovchi integrativ sifat sifatida namoyon bo‘ladi. U o‘quvchilarning …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMAKSADOVA, MEXRINISO
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-10-23
Son9
Betlar15-20
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.747
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

primary school teacher, professional mastery, psychological competence, pedagogical communication, empathy, emotional stability, reflection, professional effectiveness, учитель начальных классов, профессиональное мастерство, психологическая компетентность, педагогическое общение, эмпатия, эмоциональная устойчивость, рефлексия, профессиональная эффективность

Iqtibos keltirish

APAMAKSADOVA, MEXRINISO (2026). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIKNING ROLI. Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 15-20. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.747
GOST (OAK)MAKSADOVA, MEXRINISO BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIKNING ROLI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 9. – B. 15-20. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.747.
MLAMAKSADOVA, MEXRINISO. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIKNING ROLI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 15-20, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.747
ChicagoMAKSADOVA, MEXRINISO. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIKNING ROLI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 15-20 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.747
HarvardMAKSADOVA, MEXRINISO (2026) ‘BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIKNING ROLI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 15-20. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.747
BibTeX
@article{maksadovamexriniso2026,
  title = {BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIKNING ROLI},
  author = {MAKSADOVA, MEXRINISO},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {9},
  pages = {15-20},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.747},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.747}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi