Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida aksiologik yondashuv asosida taʼlim jarayonini tashkil etish muammolari

ABDULAZIZOVA, MADINA

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida taʼlim tizimini insonparvarlashtirish, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida qayta qurish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Maktabgacha taʼlim shaxs shakllanishining birlamchi, oʻta muhim bosqichi boʻlib, aynan shu davrda bolada dunyoga, insonlarga va oʻziga nisbatan dastlabki qadriyat munosabatlari shakllana boshlaydi. Shu sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini qadriyatlarga yoʻnaltirilgan aksiologik yondashuv asosida tashkil etish nazariy va amaliy jihatdan dolzarb muammo hisoblanadi. “Aksiologiya” tushunchasi yunoncha “axios” (qadriyat) va “logos” (taʼlimot, fan) soʻzlaridan olingan boʻlib, qadriyatlar tabiati, tuzilishi va iyerarxiyasi haqidagi falsafiy taʼlimotni anglatadi. Amerikalik psixolog M.Rokeach oʻzining klassik tadqiqotida qadriyatlarni shaxsning xatti-harakati va qaror qabul qilish mexanizmini belgilovchi barqaror eʼtiqodlar tizimi sifatida tavsiflagan[1]. Keyinchalik S.Shvarts ishlab chiqqan “universal qadriyatlar nazariyasi” qadriyatlarni turli madaniy kontekstlarda qiyosiy oʻrganish imkonini yaratdi[2]. Amerikalik faylasuf-pedagog J.Dyui esa taʼlim jarayonini bolaning shaxsiy tajribasi va ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bogʻlash zarurligini asoslab, zamonaviy tajriba-asoslangan taʼlim nazariyasiga poydevor yaratdi[3].Pedagogika fanida “pedagogik aksiologiya” mustaqil yoʻnalish sifatida XX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. V.A.Slastenin va G.I.Chijakova taʼlimni “qadriyatlarni uzatish tizimi” sifatida talqin etib, pedagogik faoliyatning aksiologik komponenti – tarbiyachi shaxsidagi qadriyatlarning bolaning maʼnaviy-axloqiy rivojlanishiga bevosita taʼsirini asoslab berishgan[4]. Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim nazariyasining yirik vakili Ye.V.Bondarevskaya ham taʼlim mazmunini madaniy-qadriyatli negizda qurish gʻoyasini ilgari surgan[5]. Ushbu nazariy …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarABDULAZIZOVA, MADINA
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-10-04
Son9
Betlar25-30
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.617
Indeksga qo‘shilgan2026-10-07

Kalit so‘zlar

axiological approach, pedagogical axiology, values, preschool education, educational process, national values, teacher training, аксиологический подход, педагогическая аксиология, ценности, дошкольное образование, учебно-воспитательный процесс, национальные ценности, подготовка воспитателя

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAABDULAZIZOVA, MADINA (2026). MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI. Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 25-30. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.617
GOST (OAK)ABDULAZIZOVA, MADINA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 9. – B. 25-30. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.617.
MLAABDULAZIZOVA, MADINA. “MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 25-30, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.617
ChicagoABDULAZIZOVA, MADINA. “MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 25-30 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.617
HarvardABDULAZIZOVA, MADINA (2026) ‘MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 25-30. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.617
BibTeX
@article{abdulazizovamadina2026,
  title = {MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI},
  author = {ABDULAZIZOVA, MADINA},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {9},
  pages = {25-30},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.617},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.617}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

ABDULAZIZOVA, MADINA — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari