Ushbu tadqiqot ishi zamonaviy biotexnologiya va kosmetologiyaning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri-ekologik toza xomashyo asosida probiotik kosmetika vositalarini ishlab chiqishning ilmiy va amaliy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada inson terisi mikrobiomasining fiziologik funksiyalari, tashqi muhitning salbiy omillari ta’sirida yuzaga keladigan mikrobial disbioz mexanizmlari va ularni probiotik komponentlar (lizatlar, filtratlar va fermentlar) yordamida bartaraf etish usullari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, unda mahalliy agrosanoat va sut sanoati ikkilamchi mahsulotlaridan biotexnologik usulda yuqori samarali kosmetika ingredientlarini ajratib olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tajribalar natijasida probiotik lizatlarning terining gidrolipid qatlamini tiklash va namlikni saqlash qobiliyatini 50% gacha oshirishi isbotlangan. Shuningdek, maqolada "Clean Beauty" konseptual yondashuvi doirasida ekologik xomashyoning mahsulot bio- mosligini (biocompatibility) ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Olingan natijalar mahalliy kosmetika sanoatida import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ilmiy baza bo‘lib xizmat qiladi.
| Mualliflar | Shokirova, Gavharxon Nazigulomovna, Abdulazizova, Madina Sattorali qizi |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashr sanasi | 2026-07-02 |
| Jild | 8 |
| Son | 5 |
| Betlar | 595-601 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i05.078 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i05.078 · Maqolaning asl sahifasi
teri mikrobiomasi, probiotik kosmetika, bakterial lizatlar, fermentatsiya, ekologik toza xomashyo, "Clean Beauty", biotexnologiya, mikroinkapsulyatsiya, teri to‘sig‘i, mahalliy bioresurslar.
Ushbu maqolada tashqi muhit omillarining o‘suvchi organizmlar rivojlanishiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘suvchi organizmlar hayot faoliyati davomida turli ekologik omillar ta’sirida rivojlanadi. Harorat…
Uzluksiz bazalt tolalarining fizik-mexanik va texnologik xossalari ko‘p jihatdan qoplama tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qoplama tarkibidagi plyonka hosil qiluvchi moddalar tolalar yuzasini himoyalab, mexanik…
Ushbu maqolada Toʻpalang daryosi havzasida tarqalgan quruqlik mollyuskalarining ekologik va taksonomik tarkibi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida hududning turli biotoplaridan namunalar yig‘ilib, ularning sistematik…
Mazkur maqolada sanoat oqova suvlarini biologik tozalashda Chlorella vulgaris, Azolla filiculoides va Lemna minor asosidagi algofitosistemadan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Tajriba natijalari suv tarkibidagi…
SARS-CoV-2 infection kabi RNK genomiga ega viruslar global epidemiyalar va pandemiyalarning asosiy etiologik omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu viruslarni tezkor va aniq aniqlashda real vaqt rejimidagi revers…
Mazkur tadqiqotda NaX tipidagi seolit mahalliy Angren kaolini asosiy xomashyo sifatida qo‘llash orqali sintez qilindi. Kaolin mexanik faollashtirish, oksalat kislotasi yordamida kimyoviy tozalash va 500–800 °C da termik…
Ushbu maqolada Salvia hispanica L. (Chia) o‘simligining urug‘idan ko‘paytirish xususiyatlari usullari keltirilgan. Tadqiqotda chia urug‘larining turli harorat sharoitlarida (10°C, 20°C, 25°C, 30°C, 35°C) unuvchanlik…
This study presents an expanded scientific analysis of the flora associated with linear infrastructures in the Nuratau botanical-geographical region of Uzbekistan. The investigation focuses on floristic composition…
Ushbu maqolada kaempferol bilan GKMAT ning 1:2 molekulyar nisbatdagi supramolekulyar kompleksining antioksidantlik faolligi izomolyar va in vitro sharoitlarda o‘rganildi. Kaempferol tabiiy flavonoid birikma bo‘lib…
Ushbu sharh maqolada o‘simliklar ontogenezini boshqarishda hamda abiotik stress (qurg‘oqchilik va sho‘rlanish) omillariga qarshi javob reaksiyalarini shakllantirishda abssiz kislotasi (ABA) regulyator genlar oilasining…