Oilada sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlari

AVULXAIROV, FIRDAVSIY

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Zamonaviy jamiyatda inson salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-psixologik muammo sifatida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki shaxsning sog‘lig‘i uning biologik xususiyatlari bilangina emas, balki hayot tarzi, qadriyatlar tizimi, motivatsiyasi, o‘zini-o‘zi boshqarish darajasi, ijtimoiy munosabatlari va psixologik muhit bilan ham belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida oilaning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan salomatlikning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik bilan bog‘liq yaxlit holat sifatida talqin qilinishi mazkur masalani kompleks o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi [1]. Ayniqsa, bolalik va o‘smirlik davrida ruhiy salomatlikning shakllanishi shaxs yashaydigan oilaviy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq. Oiladagi munosabatlar, ota-onalarning tarbiyaviy ta’siri, shaxsiy namunasi, emotsional qo‘llab- quvvatlashi va sog‘lom xulq-atvorga munosabati farzandning salomatlik haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantiruvchi muhim omillar hisoblanadi. Shu jihatdan oilada sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish muammosi psixologiya, pedagogika, tibbiyot, fiziologiya, falsafa va sotsiologiya fanlarining kesishgan nuqtasida tadqiq etilishi lozim. Mazkur muammoning psixologik jihatdan o‘rganilishi, avvalo, “sog‘lom turmush tarzi”, “sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlar”, “salomatlik qadriyati”, “sog‘lom tafakkur”, “sog‘lom xulq-atvor” va “ijtimoiy-psixologik determinantlar” tushunchalarining o‘zaro munosabatini aniqlashni talab etadi. Sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarning psixologik mohiyati Sog‘lom turmush tarzi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u insonning jismoniy faolligi, oqilona ovqatlanishi, mehnat …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAVULXAIROV, FIRDAVSIY
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-09-20
Son8
Betlar105-109
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPsixologiya
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.400
Indeksga qo‘shilgan2026-09-10

Kalit so‘zlar

healthy lifestyle, family, socio-psychological determinants, health, mental health, psychological well-being, healthy behavior, health values, social learning, motivation, self-regulation, family environment, healthy thinking, personality, здоровый образ жизни, семья, социально-психологические детерминанты, здоровье, психическое здоровье, психологическое благополучие, здоровое поведение, ценность здоровья, социальное научение, мотивация, саморегуляция, семейная среда, здоровое мышление, личность

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAAVULXAIROV, FIRDAVSIY (2026). OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI. Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 105-109. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.400
GOST (OAK)AVULXAIROV, FIRDAVSIY OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 8. – B. 105-109. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.400.
MLAAVULXAIROV, FIRDAVSIY. “OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 105-109, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.400
ChicagoAVULXAIROV, FIRDAVSIY. “OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 105-109 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.400
HarvardAVULXAIROV, FIRDAVSIY (2026) ‘OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 105-109. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.400
BibTeX
@article{avulxairovfirdavsiy2026,
  title = {OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI},
  author = {AVULXAIROV, FIRDAVSIY},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {8},
  pages = {105-109},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.400},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.400}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

AVULXAIROV, FIRDAVSIY — boshqa maqolalari

Psixologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Psixologiya sohasidagi OAK jurnallari