Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari

Sadikova , Dilafruz, Qo‘chqorova , Munisa

Мактабгача ва мактаб таълими · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariyasoslari yoritilgan. Marketing faoliyatining ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdagi o‘rni, iste’molchilar (ota-onalar va jamiyat)ehtiyojlarini aniqlash hamda raqobatbardoshlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, MTTlarda marketingstrategiyalarini rejalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim xizmatlarini targ‘ib etishmexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur maqolaning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketingfaoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslarini yoritish, marketing yondashuvlarining ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdagiahamiyatini asoslash hamda xorijiy marketing texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdantahlil qilishdan iborat. Maqolani tayyorlash jarayonida maktabgacha ta’lim va marketing sohasiga oid ilmiy adabiyotlar,normativ-huquqiy hujjatlar, xorijiy nashrlar hamda ochiq axborot manbalari tahlil qilindi. Tahliliy yondashuv, taqqoslash,tizimlashtirish, umumlashtirish va mantiqiy xulosa chiqarish metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, marketing faoliyatinitashkil etishda qo‘llaniladigan xorijiy konsepsiyalar nazariy jihatdan ko‘rib chiqildi. Maqola doirasida olib borilgan nazariytahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etish ta’lim xizmatlariningsifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Marketing strategiyalarini rejalashtirish, iste’molchilar ehtiyojlarinianiqlash va raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish MTTlarning raqobatbardoshligini oshiradi.Xorijiy tajribada keng qo‘llanilayotgan SMM, brendlash va kommunikatsion marketing texnologiyalarini joriy etish ta’limmuassasasining ijtimoiy imijini mustahkamlash imkonini beradi.Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini nazariy asoslangan va tizimli tarzda tashkiletish zamonaviy ta’lim boshqaruvining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Marketing yondashuvlarining ta’lim tizimiga integratsiyasita’lim xizmatlari sifatini oshirish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va MTTlarning barqarorrivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSadikova , Dilafruz, Qo‘chqorova , Munisa
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
NashriyotТошкент давлат педагогика университети
ISSN3060-4613, 3060-4613
Nashr sanasi2026-01-20
Jild4
Son1
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
DOI10.5281/zenodo.18391432
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

maktabgacha ta’lim tashkiloti, marketing faoliyati, marketing strategiyasi, ta’lim xizmatlari, raqobatbardoshlik.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASadikova , Dilafruz, & Qo‘chqorova , Munisa (2026). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari. Мактабгача ва мактаб таълими, 4(1). https://doi.org/10.5281/zenodo.18391432
GOST (OAK)Sadikova , Dilafruz, Qo‘chqorova , Munisa Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari // Мактабгача ва мактаб таълими. – 2026. – T. 4, № 1. – DOI: 10.5281/zenodo.18391432.
MLASadikova , Dilafruz, and Qo‘chqorova , Munisa. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari.” Мактабгача ва мактаб таълими, 4(1), 2026. https://doi.org/10.5281/zenodo.18391432
ChicagoSadikova , Dilafruz, and Qo‘chqorova , Munisa. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari.” Мактабгача ва мактаб таълими, 4(1) (2026). https://doi.org/10.5281/zenodo.18391432
HarvardSadikova , Dilafruz, and Qo‘chqorova , Munisa (2026) ‘Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari’, Мактабгача ва мактаб таълими, 4(1). https://doi.org/10.5281/zenodo.18391432
BibTeX
@article{sadikovadilafruz2026,
  title = {Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing faoliyatini tizimli tashkil etishning nazariy asoslari},
  author = {Sadikova , Dilafruz and Qo‘chqorova , Munisa},
  journal = {Мактабгача ва мактаб таълими},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {1},
  doi = {10.5281/zenodo.18391432},
  url = {https://doi.org/10.5281/zenodo.18391432}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Sadikova , Dilafruz — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari