O’QUVCHILARDA TAFAKKUR OPERATSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI TEXNOLOGIYALARNING METODIK AHAMIYATI

ABDURAZZOQOVA, SEVINCH

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Tafakkur inson psixikasining eng murakkab va oliy shakli bo’lib, u atrofdagi olamni bilishning eng yuqori bosqichini tashkil etadi. Sezgi va idrok insonga narsalar va hodisalarning tashqi, ko’rinadigan tomonlarini aks ettirsa, tafakkur esa ularning ichki, muhim, yashirin bog’liqliklarini, qonuniyatlarini kashf qilishga imkon beradi. Shu boisdan psixologiya fanida tafakkur odatda “bilishning oliy shakli” yoki “aql-idrokning asosi” sifatida ta’riflanadi. Tafakkur operatsiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o’rganish ilmiy asoslarda zarurdir, chunki bu jarayon o’quvchilarning bilimni chuqur anglashiga, fikrlash madaniyatini shakllantirishga, shuningdek, kelajakdagi ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko’rish imkonini beradi. Shu bilan birga, pedagoglar uchun o’quvchilarning tafakkur salohiyatini oshirishga mo’ljallangan metodik tizimlarni yaratish, uni sinab ko’rish va samaradorligini baholash ilmiy va amaliy nuqtai nazardan ahamiyatlidir [1; -320-b]. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tafakkur operatsiyalari – tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksiyalash kabi jarayonlar nafaqat o’quvchilarning bilim darajasini oshiradi, balki ularning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish Ta’limda istiqbolli izlanishlar - xalqaro ilmiy-metodik jurnal № 7/2026 ISSN: 3060-527X qobiliyatini shakllantiradi. Shu bilan birga, mavjud tadqiqotlarda ko’plab metod va texnologiyalar ishlab chiqilgan bo’lsa-da, ularning umumiy maktab ta’limida tizimli qo’llanilishi va o’quvchilarning psixologik xususiyatlariga moslashuvi yetarli darajada o’rganilmagan. Adabiyotlar tahlili. Psixologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tafakkurning rivojlanishi o’quvchilarning akademik muvaffaqiyatini oshirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish va muammolarni ijodiy hal …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarABDURAZZOQOVA, SEVINCH
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
Nashr sanasi2026-08-16
Son7
Betlar364-368
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.293

Kalit so‘zlar

thinking, thinking operations, analysis, synthesis, comparison, pedagogical technologies, methodological approach, critical thinking, creative thinking, cognitive development, educational effectiveness

Ilmiy soha

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar