O‘SMIRLARDA INQIROZLI HOLATLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA KORREKSION TADBIRLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

KO'CHKINOV, DILSHOD

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. O‘smirlik davri ontogenez jarayonida shaxs rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichi bo‘lib, bu davrda biologik yetilish, psixik funksiyalarning qayta tuzilishi hamda ijtimoiy munosabatlar tizimining murakkablashuvi kuzatiladi. Mazkur jarayonlarning sinxron kechmasligi o‘smir shaxsida turli darajadagi inqirozli holatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Ilmiy adabiyotlarda o‘smirlik inqirozi shaxsning ichki pozitsiyasi va tashqi ijtimoiy talablar o‘rtasidagi ziddiyat sifatida talqin qilinadi. Xususan, o‘smirning mustaqillikka intilishi, o‘z qadr- qimmatini tasdiqlash ehtiyoji va kattalar tomonidan nazoratning kuchayishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik psixologik diskomfortni yuzaga keltiradi. Natijada affektiv portlashlar, agressivlik, introversiya, ijtimoiy chekinish yoki deviant xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon bo‘lishi mumkin [5]. Adabiyotlar sharhi va metodologiya. Mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlarda o‘smirlik yoshining pedagogik-psixologik jihatlari, tarbiyadagi muammolar, oilaning tarbiyaviy funksiyalari, maktab va jamiyatning roli bo‘yicha V.Karimova, Z.Nishonova, E.G‘oziev, H.Abdusamatov, N.To‘raqulov, R.Safarova, M.Jalilova, Sh.Baratov kabi olimlarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega [2]. Ular o‘smirlarning ijtimoiy-madaniy muhitda shakllanishi, oiladagi muloqot madaniyati, pedagogik jarayonning psixologik asoslari, o‘quvchi shaxsining rivojlanish dinamikasi kabi masalalarni yoritib berganlar [1]. Ta’limda istiqbolli izlanishlar - xalqaro ilmiy-metodik jurnal № 7/2026 ISSN: 3060-527X G‘.B.Shoumarov fikricha, o‘smirlik davrining og‘ir va murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayoti, ruhiyati, organizmining fiziologik jarayonlari, …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKO'CHKINOV, DILSHOD
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
Nashr sanasi2026-08-16
Son7
Betlar245-249
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.269

Kalit so‘zlar

adolescent, crisis, ontogenesis, emotional stability, aggressiveness, social adaptation

Ilmiy soha

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar