O‘zbek oilalaridagi juftlikda emotsional alienatsiyaning psixosotsial parametrlari

YANGIBOYEVA, DILDORAXON

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Jahondagi globallashuv sharoitida postindustrial taraqqiyot, intensiv urbanizatsiya, xalqaro migratsiya, oilaviy rollarning qayta taqsimlanishi hamda raqamli texnologiyalarning kundalik turmushga chuqur kirib borishi oila institutining mazmuni va psixologik funksiyalarini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Mazkur transformatsiyalar nikohga kirish motivlari, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi muloqot shakllari hamda oiladagi emotsional yaqinlikning namoyon bo‘lish xususiyatlarida o‘z aksini topmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-yillarda OECD mamlakatlarining aksariyatida har ming aholiga 5-7 ta nikoh to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 4,3 tani tashkil etgan. Shu bilan birga, birinchi nikohga kirishning o‘rtacha yoshi ayollarda 25 yoshdan qariyb 32 yoshga, erkaklarda esa 28 yoshdan 34 yoshga ko‘tarilgan. Bu holat zamonaviy jamiyatda nikoh va oilaviy hayotga oid qadriyatlar, ustuvorliklar hamda ijtimoiy-psixologik kutishlarning tubdan o‘zgarayotganini ko‘rsatadi [1]. Oilaviy munosabatlar tizimidagi mazkur o‘zgarishlar faqat nikohning institutsional ko‘rsatkichlari bilan cheklanib qolmay, shaxslarning emotsional farovonligi va yaqin munosabatlarni o‘rnatish imkoniyatlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2025-yilda e’lon qilingan global hisobotida dunyo aholisining taxminan har oltinchi vakili, ya’ni qariyb 16 foizi yolg‘izlik holatini boshdan kechirayotgani qayd etilgan. Yolg‘izlik va ijtimoiy yakkalanish bilan yiliga 871 mingdan ortiq bevaqt o‘lim holati bog‘liqligi hamda bu ko‘rsatkich bir soatda taxminan 100 ta o‘limga teng ekani ta’kidlangan. Mazkur dalillar hissiy aloqalarning …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYANGIBOYEVA, DILDORAXON
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-08-16
Son7
Betlar182-191
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPsixologiya
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.253
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

emotional alienation, loneliness, Uzbek family, marital relationships, emotional closeness, family support, gender, family communication, digital technologies, эмоциональная алиенация, одиночество, узбекская семья, супружеские отношения, эмоциональная близость, семейная поддержка, гендер, семейная коммуникация, цифровые технологии. PSYCHOSOCIAL PARAMETERS OF EMOTIONAL ALIENATION AMONG COUPLES IN UZBEK FAMILIES

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYANGIBOYEVA, DILDORAXON (2026). O‘ZBEK OILALARIDAGI JUFTLIKDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL PARAMETRLARI. Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 182-191. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.253
GOST (OAK)YANGIBOYEVA, DILDORAXON O‘ZBEK OILALARIDAGI JUFTLIKDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL PARAMETRLARI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 7. – B. 182-191. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.253.
MLAYANGIBOYEVA, DILDORAXON. “O‘ZBEK OILALARIDAGI JUFTLIKDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL PARAMETRLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 182-191, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.253
ChicagoYANGIBOYEVA, DILDORAXON. “O‘ZBEK OILALARIDAGI JUFTLIKDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL PARAMETRLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 182-191 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.253
HarvardYANGIBOYEVA, DILDORAXON (2026) ‘O‘ZBEK OILALARIDAGI JUFTLIKDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL PARAMETRLARI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 182-191. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.253
BibTeX
@article{yangiboyevadildoraxon2026,
  title = {O‘ZBEK OILALARIDAGI JUFTLIKDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL PARAMETRLARI},
  author = {YANGIBOYEVA, DILDORAXON},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {7},
  pages = {182-191},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.253},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.253}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

YANGIBOYEVA, DILDORAXON — boshqa maqolalari

Psixologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Psixologiya sohasidagi OAK jurnallari