Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash masalasi nafaqat kasbiy bilim va metodik tayyorgarlikni shakllantirish, balki bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy- psixologik xususiyatlarini hisobga olishni ham talab qilmoqda. Chunki pedagogik faoliyat o‘zining mazmuni va ijtimoiy ahamiyati jihatidan inson bilan bevosita ishlashga asoslangan murakkab kasblardan biri hisoblanadi. Ushbu kasb egasidan yuqori darajadagi kommunikativ qobiliyat, emotsional barqarorlik, empatiya, ijodiy fikrlash, mas’uliyatlilik va pedagogik vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari talab etiladi [1]. Kasbiy yo‘naltirish jarayonida shaxsning individual tipologik xususiyatlarini o‘rganish muhim psixologik shartlardan biri hisoblanadi. Chunki har bir insonning qiziqishi, qobiliyati, temperament xususiyatlari, muloqot uslubi va motivatsion yo‘nalishi turlicha namoyon bo‘ladi. Shu sababli kasb tanlash jarayonida faqatgina umumiy qobiliyatlarni emas, balki shaxsning ma’lum bir kasbiy faoliyatga psixologik mosligini ham aniqlash zarur [2]. Pedagogik kasb o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni talab qiladigan faoliyat yo‘nalishi bo‘lib, unda insonning boshqalar bilan samarali munosabat o‘rnatish qobiliyati, ijtimoiy faolligi va hissiy ta’sirchanligi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, kommunikativ yo‘nalishga ega, insonlar bilan ishlashga moyil, sabr-toqatli va tashabbuskor shaxslar pedagogik faoliyatda yuqori natijalarga erishishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, shaxs tipi asosida kasbiy yo‘naltirish bo‘lajak pedagoglarning kasbiy muvaffaqiyatini oldindan belgilash imkonini beruvchi samarali psixologik mexanizmlardan biri sifatida qaraladi [3]. Psixologiya fanida shaxs tiplarini aniqlash va ularning kasbiy faoliyat bilan bog‘liqligini o‘rganish masalasi …
| Mualliflar | MIRZAYEVA, MAVLUDA |
|---|---|
| Jurnal | Таълимда истиқболли изланишлар |
| Nashr sanasi | 2026-08-16 |
| Son | 7 |
| Betlar | 174-181 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.67547/fanistiqbollari.2026.252 |
DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.252 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
personality type, career guidance, teaching profession, psychological criteria, professional suitability, temperament, motivation, communication skills, pedagogical competence, future teacher, тип личности, профессиональная ориентация, педагогическая профессия, психологические критерии, профессиональная пригодность, темперамент, мотивация, коммуникативные способности, педагогическая компетентность, будущий педагог
Kirish. Jahondagi globallashuv sharoitida postindustrial taraqqiyot, intensiv urbanizatsiya, xalqaro migratsiya, oilaviy rollarning qayta taqsimlanishi hamda raqamli texnologiyalarning kundalik turmushga chuqur kirib…
Kirish. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, urbanizatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar O‘zbekiston oilalarining an’anaviy tuzilishi va ichki munosabatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Oilaviy…
Kirish. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining keng qo‘llanilishi oliy ta’lim muassasalarida…
Kirish. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri sifatida ijodkor, mustaqil fikrlaydigan va yangilik yaratishga qodir shaxslarni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa…
Kirish. Bugungi kunda jahonning yetuk mutaxassislar tomonidan futbol sport turida malaka mezonlari va yo‘nalishlariga qaratilgan sportchilarni saralash, ampluasi bo‘yicha yo‘naltirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari olib…
Kirish. Oila shaxsning emotsional rivojlanishi, ijtimoiy identifikatsiyasi, psixologik xavfsizligi va hayotiy barqarorligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy-psixologik tizimdir. Oilaviy munosabatlarning barqarorligi faqat…
Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar bo‘lajak o‘qituvchilardan nafaqat chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lishni, balki yangicha fikrlash, pedagogik jarayonni ijodiy tashkil etish va…
Kirish. Bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, yosh avlodni har tomonlama barkamol, bilimli va raqobatbardosh shaxs etib voyaga yetkazish Oʻzbekiston davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri…
Kirish. Bo‘lajak o‘qituvchida pedagogik tafakkurni rivojlantirish oliy pedagogik ta’limning eng murakkab va uzoq muddatli vazifalaridan biri bo‘lib, u faqat alohida metod yoki bir martalik mashg‘ulot orqali emas, balki…
Kirish. O‘zbekiston Respublikasi jamiyatda oliy ta’lim muassasalari muayyan ta’limiy funksiyalarni bajaradi. Bular ijtimoiy, pedagogik, musiqiy, ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlanish, mutiaxassis kadr sifatida tayyorlash va…