«MIFTOH AL-ULUM» ASARIDA BIR HARFDAN IBORAT YORDAMCHI SO‘ZLAR TALQINI

AKMALKHАNOV, Akmalkhаn

Мотуридийлик · 2025-yil

Annotatsiya

«Miftoh al-ulum» asari sohaning boshqa manbalaridan o‘zgacha talqin usuliga ega ekanligi bilan farqlanib turadi. Abu Ya‘qub Sakkokiy asardagi mavzuni alohida yondashuv asosida yozganligini har birida sezish mumkin. Sakkokiy yordamchi so‘z turkumining xususiyatlarini inobatga olgan holda, mazkur so‘z turkumini o‘zgacha usul asosida batafsil yozgan. O‘ziga xos usulda yondashganligini yordamchi so‘zlarni guruhlarga bo‘lib bayon qilganligidan ham bilib olish mumkin. Yordamchi so‘zlar turkumini Sakkokiy «الحروف أنواع - yordamchi so‘zlar turlari» mavzusi ostida yoritadi. Dastavval, mazkur mavzuda yordamchi so‘zlarni sintaktik xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘lgan bo‘lsa, tuzilishi, qaysi turkum bilan kela olishiga ko‘ra yana guruhlarga bo‘lib, har birini alohida bayon qilgan. Sakkokiy o‘z ilmiy xulosalariga tayangan holda arab tilidagi yordamchi so‘z turkumlarini olti guruhga bo‘lib, har birini sintaktik xususiyatini inobatga olgan holda, nomlab chiqqan. Sakkokiy tomonidan taqsimlangan yordamchi so‘z turkumlarining guruhlari: O‘zidan keyingi so‘zni qaratqich kelishigida keltiruvchi yordamchi so‘zlar (ko‘makchi)(الجر حروف), fe’ldan mustaqil so‘z turkumlarini tushum kelishigida keltiruvchi yordamchi so‘zlar (نواصب االسم), shart mayli shaklida keltiruvchi yordamchi so‘zlar (الجازمة الحروف), fe’llarni istak mayli shaklida keltiruvchi yordamchi so‘zlar (الفعل نواصب), tushum kelishigida, so‘ngra bosh kelishikda keltiruvchi so‘zlar (يرفع ثم ينصب ما الحروف من), bosh kelishikda, so‘ngra tushum kelishigida keltiruvchi so‘zlar (الحروف من ينصب ثم يرفع ما). Yordamchi turkumdagi so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratganda, muallif, necha harfdan iboratligini mezon sifatida qo‘llaydi. Tuzilishiga ko‘ra taqsimlangan guruhning birinchisi bir harfdan iborat yordamchi so‘zlar hisoblanadi. Bu kabi yordamchi so‘zlarning sintaktik xususiyatlari bilan bir qatorda semantik o‘zgachaliklarini bayon qilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAKMALKHАNOV, Akmalkhаn
JurnalМотуридийлик
Nashr sanasi2025-05-02
Jild3
Son4
Betlar148-155
TilIngliz
DOI10.47980/moturidiy/2023-4/19

Kalit so‘zlar

Abu Ya’qub Sakkokiy, «Miftoh al-ulum», nahv, yordamchi so‘zlar, raf’, nasb, jar, jazm

Ilmiy soha

Мотуридийлик jurnalidan boshqa maqolalar

Мотуридийлик — barcha maqolalar