Maqolada Ahmad al-Farg‘oniyning astronomik asari – “Kitāb fī jawāmiʿ ʿilm al-nujūm”ni Kremonalik Jerard tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan matnining XIII asr o‘rtalariga mansub Salamanka nusxasi tadqiq etilgan. Mazkur nusxa Salamanka universiteti Tarix kutubxonasidagi MS 2051 qo‘lyozmasining 1r–13v varaqlarida saqlanadi. Tadqiqotda qo‘lyozma tarjimani shunchaki saqlovchi vosita sifatida emas, balki mustaqil manba sifatida o‘rganilgan. Unda butun qo‘lyozma majmuaning kodikologik tuzilishi qayta tiklanib, 13r varaqda yakunlangan so‘zli matn ushbu varaqning o‘zi hamda 13v varaqda joylashgan unga aloqador grafik materiallardan farqlanishi aniqlangan. Shuningdek, rubrikatsiya, glossalar tizimi, hisoblash jadvallari va diagrammalar tahlil qilindi. Salamanka nusxasining matni Vatikan kutubxonasidagi Vat. lat. 3100, Oksforddagi Laud Misc. 644, Myunxendagi Clm 234, Parijdagi BnF Lat. 7280, Florensiyadagi Riccardiana 885 hamda nisbatan kechroq ko‘chirilgan Pal. lat. 1376 qo‘lyozmalari bilan qiyosiy o‘rganildi. Qo‘lyozma variantlari bilan tarjima versiyalari o‘rtasidagi tafovutlarni aniq ajratish maqsadida asarning yana bir tarjimoni Sevilyalik Xuan ishi va Salamanca MS 2621 hamda Pal. lat. 1416 qo‘lyozmalari bilan qiyosiy tahlil etildi. Tadqiqotda 4v varaqdagi yetti iqlim jadvali va 6v varaqdagi burjlar jadvaliga alohida e’tibor qaratilgan. Birinchi jadval nasriy shaklda bayon qilingan ma’lumotlarni oltmishlik sanoq tizimiga asoslangan matritsaga aylantiradi. Undagi yetti mintaqaviy kenglik ko‘rsatkichining umumiy yig‘indisi 2 140 miliariani tashkil etgan. Ikkinchi jadval burjlarni minuit va addit amallari asosida tartibga soladi. Tadqiqot natijalari Salamanca MS 2051 mustaqil redaksiyani saqlamaganini, aksincha, tarjima, annotatsiya, hisoblash va diagrammatik talqin birgalikda namoyon bo‘lgan, foydalanish tarixi boshqa qo‘lyozmalardan ancha yaxshi aks etgan qo‘lyozma ekanini ko‘rsatadi.
| Mualliflar | Makhmudov, Otabek |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2026-07-30 |
| Jild | 7 |
| Son | 4 |
| Betlar | 20-38 |
| Til | Ingliz |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-10-22 |
Ahmad al-Farg‘oniy, Alfraganus, Kremonalik Jerard, Salamanca MS 2051, arabcha-lotincha tarjima, o‘rta asr astronomiyasi, kodikologiya, qo‘lyozma diagrammalari., Aḥmad al-Farghānī, Alfraganus, Gerard of Cremona, Salamanca MS 2051, Arabic–Latin translation, medieval astronomy, codicology, manuscript diagrams.
| APA | Makhmudov, Otabek (2026). GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis. FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 20-38. https://journal.fdu.uz/main/article/7419 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Makhmudov, Otabek GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 4. – P. 20-38. |
| MLA | Makhmudov, Otabek. “GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 20-38, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7419 |
| Chicago | Makhmudov, Otabek. “GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 20-38 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7419 |
| Harvard | Makhmudov, Otabek (2026) ‘GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 20-38. https://journal.fdu.uz/main/article/7419 |
| BibTeX | @article{makhmudovotabek2026,
title = {GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis},
author = {Makhmudov, Otabek},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2026},
volume = {7},
number = {4},
pages = {20-38},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7419}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada inson kapitali va umumiyijtimoiy maqsadlar uyg'unligining nazariy-metodologik asoslari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada “inson kapitali” va “umumiyijtimoiy maqsadlar”…
Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikning pedagogik mazmun-mohiyati va uni rivojlantirish zarurati masalasi ko'rib chiqilgan. Zamonaviy globallashuv, raqamli transformatsiya va…
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda innovatsion tashabbuskorlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyati va konseptual asoslari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi innovatsion tashabbuskorlik fenomenining…
Ushbu maqolada oliy tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy, Aksiologik va pedagogik-psixologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Globallashuv va raqamli tibbiyot…
Mazkur tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlar kibermadaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini tahlil qilish, raqamli makonda yoshlar ijtimoiy xulq-atvorini tartibga soluvchi mexanizmlarni…
Maqolada Xoja Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”i misolida tasavvufiy she’riyatdagi lirik psixologizm muammosi tadqiq etiladi. Tadqiqotda lirik qahramon ruhiy olamini badiiy aks ettirish usullari, uning tasavvufiy an’analar…
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda Gryllidae (chirildoqlar) oilasi vakillarini oʻrganish tarixi va hozirgi holati adabiyotlar sharhi asosida tahlil qilinadi. Oʻrganish tarixi XIX asr oxiridagi A.P. Fedchenko Turkiston…
Annotatsiya. Mazkur bo‘limda milliy marosimlarni optimallashtirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari hamda ularning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda marosimlarning tarixiy…
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ichta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasinirivojlantirishga qaratilgan “Pedagog Pro” mobil ilovasiasosidagi pedagogik hamkorlik texnologiyasi nazariy vaamaliy jihatdan yoritildi…
Ushbu mаqolаdа pedаgogik аmаliyot jаrаyonidа bo‘lаjаk o‘qituvchilаrning kаsbiy kompetensiyаsini rivojlаntirishning nаzаriy-metodologik аsoslаri hаmdа sаmаrаli metod vа innovаtsion pedаgogik texnologiyаlаrning o‘rni…