YOSHLAR KIBERMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI

Uzakov, Barxayotjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlar kibermadaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini tahlil qilish, raqamli makonda yoshlar ijtimoiy xulq-atvorini tartibga soluvchi mexanizmlarni aniqlash hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning konseptual modellarini ishlab chiqishdan iborat. Metodologiyasi: Tadqiqot jarayonida zamonaviy ijtimoiy falsafa, axborot jamiyati nazariyasi va sotsiologik yondashuvlarga tayanildi. Xususan, yoshlar kibermadaniyatini o‘rganishda aksiologik (qadriyatlar va axloqiy me’yorlar), antropotsentrik (shaxs markaziyligi) va aksiomatik yondashuvlar qo‘llanildi. Tahlil jarayonida ijtimoiy determinatsiya, virtual sotsializatsiya va madaniy transformatsiya kategoriyalari tizimli ravishda tadqiq etildi. Asosiy natijalari: Tadqiqot natijasida yoshlar kibermadaniyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar (oila, ta’lim tizimi, davlat, fuqarolik jamiyati, media) hamkorligining konseptual modeli ishlab chiqildi. Kibermakonda shaxsga ta’sir etuvchi 8 ta asosiy axborot-psixologik tahdid (axborot tengsizligi, ong manipulyatsiyasi, virtualizatsiya, kiberkasalliklar, axborot jinoyati, ekstremizm, terrorizm, axborot urushi) tasniflandi. Shuningdek, kiberjinoyatchilarning maqsadli yo‘nalganligiga ko‘ra 3 ta asosiy toifasi (qiziquvchilar, yashirin maqsadlilar, insayderlar) tipologiyasi yaratildi. Ilmiy-amaliy ahamiyati: Olingan natijalar axborot jamiyatida yoshlarning raqamli savodxonligi va mediaetikasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ishlab chiqilgan xulosalar davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar hamda ta’lim muassasalari tomonidan kiberxavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUzakov, Barxayotjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2026-07-31
Jild7
Son4
Betlar42-47
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

kibermadaniyat, kiberxavfsizlik, raqamli sotsializatsiya, axborot tahdidlari, ong manipulyatsiyasi, mediaetika, ijtimoiy-falsafiy tahlil., cyberculture, cybersecurity, digital socialization, information threats, manipulation of consciousness, media ethics, socio-philosophical analysis.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar