ISLOM TARIXI MUAMMOLARINING BIRLAMCHI MANBALARDA AKS ETISHI

Zokhidov, Qobil

Мотуридийлик · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada islom tarixining yoritilishidagi asosiy muammo – tarixiy manbalar va asarlarning VII asrdagi voqealardan ancha keyin, asosan VIII-XII asrlarda yozilganligiga e’tibor qaratiladi. VII asr hodisalari bevosita guvoh bo‘lgan roviylar orqali og‘zaki shaklda avlodlarga yetkazilgan bo‘lib, bu hikoyalar keyinchalik adabiy ishlov berilib yozma manbalarga aylantirilgan. Biroq, dastlabki yozuvchilarning asarlari bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Ularning rivoyatlari asosida yozilgan keyingi tarixiy manbalar muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsada, aksariyati ulamolar yoki turli diniy guruhlar vakillari tomonidan tuzilganligi bois diniy va subyektiv talqinlar bilan boyitilgan. Shu sababli, bu manbalarni tadqiq etishda mualliflarning qaysi diniy oqim yoki ijtimoiy qatlamga mansubligi alohida e’tiborga loyiqdir. Maqolada shuningdek, shialik va xorijiylikning kuchayishi, Abbosiylar davridagi mihna siyosati, islomdagi g‘oyaviy bo‘linishlarning tarixiy asarlardagi aks etishi yoritiladi. Mualliflar asarlarida mavjud siyosiy va mafkuraviy bosimlar, buyurtmachi sultonlar yoki zodagonlarga maqtovlar yo‘llanishi holatlari tahlil qilinadi. Shu asosda, maqolada kelgusi tadqiqotlar uchun o‘rta asr tarixchilari va ularning asarlarini diniy-siyosiy kontekstda o‘rganish zarurligi ta’kidlanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZokhidov, Qobil
JurnalМотуридийлик
Nashr sanasi2026-08-17
Jild5
Son2
Betlar4-10
TilIngliz
DOI10.65944/efngd019

Kalit so‘zlar

siyra, tabaqot, mag‘oziy, mubtado, futuhot, axboriy, fihrist, tarix

Ilmiy soha

Мотуридийлик jurnalidan boshqa maqolalar

Мотуридийлик — barcha maqolalar