Ushbu maqola Amir Temurning harb siyosatida maxfiy xizmat tizimining tutgan o‘rni va ahamiyatini arab manbalari asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Har qanday harbiy yurish muvaffaqiyati, avvalo, dushman hududining geografik xususiyatlari, tabiiy resurslari, aholining siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy ahvoli haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lish bilan bog‘liq. Shu bois Amir Temur o‘z davrida ma’lumot to‘plash va uni tahlil qilish tizimini yuqori darajada yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, maqolada Amir Temur tomonidan tashkil etilgan maxfiy xizmatning tuzilmasi, huquqiy asoslari, moliyaviy manbalari, razvedka va kontrrazvedka usullari, ayg‘oqchilarni tayyorlash hamda ularni dushman tomoniga yuborish tizimlari tahlil qilingan. Diplomatik elchilarning maxfiy axborot yig‘ishdagi o‘rni, josuslar faoliyatini nazorat qilish tizimi va bu xizmatning harbiy strategiya bilan bog‘liqligi yoritilgan. Maqola natijalari Amir Temurning biror jangda mag‘lubiyatga uchramasligida uning maxfiy xizmat tizimi muhim o‘rin tutganini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy ish arab manbalaridagi ma’lumotlarga tayanib, Temuriylar davridagi davlat xavfsizligi, siyosiy boshqaruv va harbiy rejalashtirish tizimini yangi ilmiy talqin asosida o‘rganishni ko‘zda tutadi.
| Mualliflar | Turdimirzayev, Elyorbek |
|---|---|
| Jurnal | Мотуридийлик |
| Nashr sanasi | 2026-08-12 |
| Jild | 6 |
| Son | 1 |
| Betlar | 50-56 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.65944/moturidiy/2026-1/1 |
DOI: 10.65944/moturidiy/2026-1/1 · Maqolaning asl sahifasi
Amir Temur, maxfiy xizmat, ayg‘oqchi, arab manbalari, Ibn Xaldun, Mamluklar
Maqolada islom tarixining yoritilishidagi asosiy muammo – tarixiy manbalar va asarlarning VII asrdagi voqealardan ancha keyin, asosan VIII-XII asrlarda yozilganligiga e’tibor qaratiladi. VII asr hodisalari bevosita…
Ушбу мақолада буддавийлик таълимотидаги аскетик ҳаёт тарзи Тҳеравада ва Тибет (Важраяна) анъаналари мисолида қиёсий-таҳлилий ўрганилади. Шунингдек, аскетизмнинг «ўрта йўл» (Мажжҳима Патипада) тамойилига асосланиши…
Ушбу мақолада ҳадис илмида энг нуфузли тўпламлардан бири бўлган Имом Муслимнинг «Саҳиҳи Муслим» асарининг яратилиш жараёни, унда жамланган ҳадисларнинг саҳиҳлигини таъминлашда қўлланган методлар, ҳамда асар…
This study puts digital dictionaries to the test of actual experimentation, moving them from the realm of theoretical discussions about their nature, features, and preparation, to the field of practical application…
Maqola XIX–XX asrlarda Hindiston yarimorolida hadis ilmining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar, harakatlar va ulamolarning ilmiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda «ahli hadis», «barlaviya»…
Ushbu maqola ekstremistik guruhlarning ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarni qanday qilib nishonga olishi jarayonlarini tahlil qilishga qaratilgan. So'nggi yillarda internet ekstremistlar uchun ayollarni radikallashtirish…
In modern times, experts estimate that 83 per cent of the world’s population face serious restrictions on freedom of thought, conscience and religion. Persecution, repression and discrimination based on religion, belief…
Мақолада бағдодлик муҳаддис ва муаррих Хатиб Бағдодий ҳаёти ва илмий фаолияти у ёзган асарлар асосида таҳлил қилинади. Муҳаддиснинг ҳадис санади, ҳадис усули, ҳадис ровийлари, ҳадис ёзиб олиш учун қўйилган шартлар, илм…
Ушбу мақола экстремистик гуруҳларнинг ижтимоий тармоқларда хотин-қизларни қандай қилиб нишонга олиши жараёнларини таҳлил қилишга қаратилган. Сўнгги йилларда интернет экстремистлар учун ёллаш ва радикаллашув воситасига…
«Китоб ал-олим вал-мутааллим» асари ҳанафий мазҳабига оид дастлабки муҳим ақидавий манбаларидан ҳисобланади. Чунки, мазкур асардаги эътиқодий масалалар бевосита ҳанафий мазҳаб асосчиси Имом Абу Ҳанифа ва унинг шогирди…