Ushbu maqola ekstremistik guruhlarning ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarni qanday qilib nishonga olishi jarayonlarini tahlil qilishga qaratilgan. So'nggi yillarda internet ekstremistlar uchun ayollarni radikallashtirish va yollash vositasiga aylanib, ularning mafkuraviy qarashlarini o'zgartirish hamda qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratishga qaratilgan urinishlar tobora kuchaymoqda. Tadqiqot jarayonida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ayollarni ekstremistik g'oyalarga jalb etishga qaratilgan postlar va kontentlar tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy tahlildan foydalanilib, bir qator ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, xeshteglar va vizual kontentlar o'rganildi. Shu bilan birga, ayollar o'rtasida kiberfazoning keng tarqalishiga gender nomutanosibligi va patriarxal stereotiplar – ayolning uy ishlariga, erkakning esa yetakchilik roliga doir an'anaviy qarashlar hamda ekstremistlar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan psixologik ta'sir ko'rsatish usullari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari ekstremistik guruhlarning ayollarni yollashda shaxsiy va ijtimoiy zaifliklardan foydalanishini ko'rsatdi. Bu guruhlar ayollarning psixologik ehtiyojlarini ekspluatatsiya qilish orqali ta'sir o'tkazishi aniqlandi. Tadqiqot xulosalari jamiyatda raqamli savodxonlikni rivojlantirish va foydalanuvchilarni zarur ko'nikmalar bilan qurollantirish ekstremistik targ'ibotga qarshi kurashning muhim omili ekanligini ta'kidlaydi.
| Mualliflar | ELMIRZAYEV, Farrukh |
|---|---|
| Jurnal | Мотуридийлик |
| Nashr sanasi | 2026-07-14 |
| Jild | 5 |
| Son | 2 |
| Betlar | 33-42 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.65944/zfg8gq14 |
DOI: 10.65944/zfg8gq14 · Maqolaning asl sahifasi
onlayn yollash ekstremistik tarmoqlar targ'ibot strategiyalari ekstremizm tarmoqdagi xavflar radikal g'oyalar gender muammolari manipulyatsiya usullari monoxrom muhit
This study puts digital dictionaries to the test of actual experimentation, moving them from the realm of theoretical discussions about their nature, features, and preparation, to the field of practical application…
Мақолада бағдодлик муҳаддис ва муаррих Хатиб Бағдодий ҳаёти ва илмий фаолияти у ёзган асарлар асосида таҳлил қилинади. Муҳаддиснинг ҳадис санади, ҳадис усули, ҳадис ровийлари, ҳадис ёзиб олиш учун қўйилган шартлар, илм…
Ушбу мақолада буддавийлик таълимотидаги аскетик ҳаёт тарзи Тҳеравада ва Тибет (Важраяна) анъаналари мисолида қиёсий-таҳлилий ўрганилади. Шунингдек, аскетизмнинг «ўрта йўл» (Мажжҳима Патипада) тамойилига асосланиши…
«Китоб ал-олим вал-мутааллим» асари ҳанафий мазҳабига оид дастлабки муҳим ақидавий манбаларидан ҳисобланади. Чунки, мазкур асардаги эътиқодий масалалар бевосита ҳанафий мазҳаб асосчиси Имом Абу Ҳанифа ва унинг шогирди…
Ushbu maqola Amir Temurning harb siyosatida maxfiy xizmat tizimining tutgan o‘rni va ahamiyatini arab manbalari asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Har qanday harbiy yurish muvaffaqiyati, avvalo, dushman hududining…
Ушбу мақолада Шайбонийлар сулоласи ҳукмдори Убайдуллоҳхонга (1533–1540) нисбат берилган асарлар, уларнинг муаллифлари, манба сифатидаги аҳамияти ҳамда бугунги кунгача сақланиб қолган қўлёзмалари таҳлил қилинади…
Maqolada islom tarixining yoritilishidagi asosiy muammo – tarixiy manbalar va asarlarning VII asrdagi voqealardan ancha keyin, asosan VIII-XII asrlarda yozilganligiga e’tibor qaratiladi. VII asr hodisalari bevosita…
موضوع هذا البحث هو إلقاء الضوء على إمام من أئمة الماتريدية الأوائل الذين ظلوا مجهولين حتى وقت قريب؛ هو أبو الحسين البشاغري، من علماء القرن الرابع الهجري كما حققناه هنا، وهو صاحب كتاب هام في تاريخ علم الكلام وهو كتاب…
Ушбу мақолада ҳадис илмида энг нуфузли тўпламлардан бири бўлган Имом Муслимнинг «Саҳиҳи Муслим» асарининг яратилиш жараёни, унда жамланган ҳадисларнинг саҳиҳлигини таъминлашда қўлланган методлар, ҳамда асар…
Ушбу мақолада буюк олим ва давлат арбоби Султон Улуғбекнинг ҳаёти, илмий мероси ва Самарқандда барпо этган таълим масканлари хусусида сўз юритилади. Хусусан, Самарқандда 1417–1420 йилларда қурилган Улуғбек мадрасаси…