Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonning poytaxti Toshkent (Shosh) tarixi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar, dala tadqiqotlari, jumladan, Turkistonda Rossiya imperiyasi bosqini, Toshkentda Rus hukmronligiga qarshi xalq ozodlik qo‘zg‘olonlari, XlX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Toshkentda ijtimoiy-siyosiy hayot, Rossiya bosqinidan keyin Toshkentning eski shahar va yangi shahar qismidagi yangi o‘zgarishlar haqida olimlarning ilmiy tadqiqotlari tahlil qilingan. Shu bilan birga Toshkentning o‘rta asrlardagi shaharsozligi, daha va darvozalari, mahallalari, shahar toponimikasi, buyuk allomalari nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar, masjid- madrasalari haqida turli xil tadqiqotlar o‘rganilib, tarixshunosligi keltirilgan. Hozirgi kunda respublikamizda turizmning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar, olib borilayotgan islohotlar, moddiy merosimiz bo‘lgan tarixiy, madaniy obyektlarga munosabat, ularni asrab-avaylash, u yerda madaniy ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar masalasi yoritilgan. Bugungi kunda Toshkentdagi me’moriy yodgorliklar, jumladan ziyoratgohlari, masjid va madrasalari, diqqatga sazovor joylariga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish masalalari yoritilgan.
| Mualliflar | DJURAYEVA, Sanabar |
|---|---|
| Jurnal | Мотуридийлик |
| Nashr sanasi | 2025-05-02 |
| Jild | 3 |
| Son | 4 |
| Betlar | 103-107 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.47980/moturidiy/2023-4/13 |
DOI: 10.47980/moturidiy/2023-4/13 · Maqolaning asl sahifasi
Shosh, Toshkent, olim, alloma, yodgorlik, maqbara, masjid, madrasa, ziyoratgoh, arxitektura, topografiya, toponimiya, etnografiya, manba, arxiv, mustamlaka, mustaqillik
«Тарих ар-русул ва-л-мулук» (Пайғамбарлар ва подшоҳлар тарихи) – Табарийнинг бугунги кунгача етиб келган энг қадимий ислом тарихига оид асарларидан бири бўлиб, асар 915 йилга қадар инсоният тарихи ҳақида ёзилган. Асарда…
Мамлакатимиздаги демократик тараққиёт йўли асносида ҳуқуқий давлатчилик ва кучли фуқаролик жамияти ривожланиши шароитида виждон эркинлигининг кафолатланиши боис диний ташкилотлар фаолиятининг тез суръатларда ўсишига…
Марказий Осиёнинг моддий ва маънавий тамаддуни узоқ ўтмишга бориб тақалади. Чунончи минтақанинг барча шаҳарлари орқали Буюк Ипак йўлининг ўтиши моддий ва маънавий ривожланишига ҳамда халқаро савдо алоқаларининг…
Religious media content on the Internet and mass media, while making a huge contribution to the development of world culture, also creates threats of extremism under the guise of religion. In the religious-educational…
Жаҳон мамлакатларида ислом тарихи ва маданиятини ўрганиш жараёнида бирламчи тарихий манбаларга алоҳида эътибор қаратилади. Улар орасида биографик туркумдаги сийрат ва тарожим китоблари алоҳида ўрин эгаллайди. Ушбу…
Islomdagi firqalarning kelib chiqishiga islomdan boshqa din va e’tiqodlarning ham ta’siri katta bo‘lgan. Shu bois Imom Moturidiy o‘z tafsirida adashgan firqalar bilan bir qatorda islomdan boshqa turli diniy e’tiqod va…
Maqolada Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-faoliyati davomida yozgan asarlarini va ularning tasnifi haqida so‘z boradi. Sobiq sovet tuzumi XX asrning eng insonparvar, betakror, buyuk asarlarini qabul qilishga tish-tirnog‘i…
Tarixan musulmon va xristianlar o‘rtasida teologik munozara va raddiya an’analarida musulmon ilohiyotshunoslari muhim o‘rin tutgan. O‘z o‘tmishida turli dinlar va madaniyatlar beshigi bo‘lgan Samarqand viloyati…
Ҳадис тўпламлари орасида арбаин асарлар энг кўп тарқалган китоб тури ҳисобланади. Арбаин китоб муаллифга катта талаблар қўймайди. Зеро, унда 40 та ҳадис бўлиши унинг ягона шарти ҳисобланади.Арбаин ёзишга туртки бўлган…
Ўзбекистон қадимдан турли динларга эътиқод қилувчи халқлар ва миллатлар яшаган ўлка ҳисобланади. Ушбу минтақада турли дин ва элат вакиллари ўзаро аҳил ва тинч-тотув, яшаб келганлари жуда кўплаб тарихий манбаларда қайд…