SHAMSUDDIN SAMARQANDIYNING XRISTIANLIK HAQIDAGI QARASHLARI

ERNAZAROV, Odiljon

Мотуридийлик · 2025-yil

Annotatsiya

Tarixan musulmon va xristianlar o‘rtasida teologik munozara va raddiya an’analarida musulmon ilohiyotshunoslari muhim o‘rin tutgan. O‘z o‘tmishida turli dinlar va madaniyatlar beshigi bo‘lgan Samarqand viloyati musulmon-xristian diniy munozara an’analarida inkor etib bo‘lmas mavqega ega. Maqolada ko‘rib chiqilgan Movarounnahr hanafiylik-moturidiylik maktabi vakili Shamsuddin Samarqandiyning xristianlik tarixi va Injil haqidagi qarashlari musulmon dinshunosligida o‘ziga xos o‘ringa ega. Samarqandiy qarashlarida asosan xristianlik ta’limoti shakllanishi va ta’limotdagi «muqaddas uchlik» e’tiqodiga katta e’tibor qaratilgan. Samarqandiy «hulul» va «birlik» («muqaddas uchlik») tushunchalari haqida o‘zining mantiqiy xulosalari bilan bir qatorda Injil matnlaridan ham iqtiboslar orqali dalillar keltirgan. Maqolada mazkur ikki tushuncha doirasida Samarqandiyning xristianlik ilohiyoti, xususan, «xudo» haqidagi fikrlari baholandi va shu asosda hanafiy-moturiylikning raddiya an’analarini ochib berishga harakat qilindi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarERNAZAROV, Odiljon
JurnalМотуридийлик
Nashr sanasi2025-05-02
Jild3
Son4
Betlar74-79
TilIngliz
DOI10.47980/moturidiy/2023-4/9

Kalit so‘zlar

Islom, xristianlik, Shamsuddin Samarqandiy, Injil, munozara, ilohiyot

Ilmiy soha

Мотуридийлик jurnalidan boshqa maqolalar

Мотуридийлик — barcha maqolalar