Ushbu maqola XI asrda yashab ijod qilgan Muhammad ibn Аhmad Аbu Bakr Saraxsiyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Unda Saraxsiyning huquqshunos sifatida xizmatlari bayon etiladi. Saraxsiy islom huquqining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan birga, islom olamida birinchi bo‘lib xalqaro huquq yo‘nalishiga asos solgan. Saraxsiy asarlarida norma ijodkorligi, huquqni tushunish metologiyasi, huquqning ilmiy nazariy va amaliy masalalari batafsil yoritilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston «Musulmon dunyosining Gugo Grotsiysi» deb nom olgan zabardast olim Muhammad ibn Аhmad Saraxsiy asarlari tufayli xalqaro huquq tug‘ilgan vatandir. Saraxsiy arab olimi Muhammad Shayboniyning «Xalqaro huquq kitobi»ga sharhlar yozish asnosida birinchi bo‘lib «siyar» – «xalqaro huquq»ni huquqning alohida va mustaqil sohasi sifatida ta’riflagan. Xalqaro huquqda Imom Sаraxsiyning o‘rni beqiyos ekanligini nafaqat Sharq olami balki, G‘arb olami ham tan olib kelmoqda. Imom Saraxsiy har tomonlama chuqur tahlil ostida Muhammad Shayboniyning as-Siyar al-Kabir asariga bergan fundamental ta’rifi hali hamon xalqaro huquq uchun asosiy ustun bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Imom Saraxsiy nafaqat xalqaro huquq sohasida balki, Islom huquqi sohasida ham mumtoz adabiyotlarni meros qilib qoldirgan. Ushbu jarayonlarni umumlashtirgan holda O‘rta asrlar musulmon olamida to‘plangan ilmiy bilimlar g‘arbda Uyg‘onish davrini tayyorlash uchun asosiy fundament vazifasini bajarganligini ko‘rishimiz mumkin.
| Mualliflar | MURODKHANOV, Muhammadnur, YUNUSOV, Khaydarali |
|---|---|
| Jurnal | Мотуридийлик |
| Nashr sanasi | 2025-05-02 |
| Jild | 3 |
| Son | 4 |
| Betlar | 59-64 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.47980/moturidiy/2023-4/7 |
DOI: 10.47980/moturidiy/2023-4/7 · Maqolaning asl sahifasi
xalqaro huquq, islom huquqi, yurist, din, islom, «Kitobul-mabsut» (Mufassal kitob), usulul-fiqh, manbalar, faqih, ta’limot, mujtahid, «Sharh as-Siyar al-Kabir»
Ўзбекистон қадимдан турли динларга эътиқод қилувчи халқлар ва миллатлар яшаган ўлка ҳисобланади. Ушбу минтақада турли дин ва элат вакиллари ўзаро аҳил ва тинч-тотув, яшаб келганлари жуда кўплаб тарихий манбаларда қайд…
Ушбу мақолада Бурҳониддин Марғинонийнинг «Ҳидоя» асарини ёзишда Қуръони карим оятларидан фойдаланиши ва уларни шарҳлаш услублари очиб берилган. Бурҳониддин Марғиноний бутун олам мусулмонлари учун манфаатли асарлар…
Tarixan musulmon va xristianlar o‘rtasida teologik munozara va raddiya an’analarida musulmon ilohiyotshunoslari muhim o‘rin tutgan. O‘z o‘tmishida turli dinlar va madaniyatlar beshigi bo‘lgan Samarqand viloyati…
Мовароуннаҳр ҳудудидан етишиб чиққан алломалар яратган бой илмий, диний-маърифий мерос қаторида тафсирлар, айниқса, ҳанафий мазҳаби уламолари томонидан ёзилган илмий тафсирларнинг аҳамияти беқиёс. Бу борада Мовароуннаҳр…
Islomdagi firqalarning kelib chiqishiga islomdan boshqa din va e’tiqodlarning ham ta’siri katta bo‘lgan. Shu bois Imom Moturidiy o‘z tafsirida adashgan firqalar bilan bir qatorda islomdan boshqa turli diniy e’tiqod va…
Бугунги кунда турли шаклларда юзага чиқаётган дунё миқёсдаги ихтилофлар исломий илмлар борасидаги Мовароуннаҳр илмий меросининг аҳамиятини яққолроқ намоён этмоқда. Уларни тадқиқ этишдаги энг устувор вазифалардан бири…
Religious media content on the Internet and mass media, while making a huge contribution to the development of world culture, also creates threats of extremism under the guise of religion. In the religious-educational…
Мазкур мақолада «вужуҳ ва назоир» илмида ижод қилган олимлар, мазкур илмга оид асарлар, бугунги кунда олиб борилаётган тадқиқотлар ҳақида маълумот берилган. «Вужуҳ ва назоир» илми асосчиси саҳобий Ибн Аббос (р.а.)…
Мамлакатимиздаги демократик тараққиёт йўли асносида ҳуқуқий давлатчилик ва кучли фуқаролик жамияти ривожланиши шароитида виждон эркинлигининг кафолатланиши боис диний ташкилотлар фаолиятининг тез суръатларда ўсишига…
Современные исторические исследования, зачастую не ограничиваются изучением сугубо исторических фактов и объектов материального наследия. Все более актуальными становятся исследования, посвященные изучению духовного…