VII ASR O‘RTALARI – IX ASR BOSHLARI TURONDA HUNARMANDCHILIK

Azimqulov, Javohir

Мотуридийлик · 2025-yil

Annotatsiya

Maqolada Umaviylar davlati tomonidan Movarounnahr hududi fath etilgan davrdan to Somoniylar sulolasi hokimiyatga kelganiga qadar bo‘lgan davrda bu hududda hunarmandchilik sohalarining rivoji va ularning iqtisodiy-ijtimoiy hayotga ta’siri keng tahlil etilgan. Movarounnahr hududining arablar tomonidan zabt etilishi va keyinchalik ular tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, mahalliy hunarmandchilikning yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Arablar, Eron Sosoniylarini mag‘lub etgandan so‘ng, VII asrning o‘rtalaridan to IX asr boshlariga qadar Turon hududida o‘z ta’sirini kuchaytirish harakatlarini davom ettirishdi.Maqolada, bu davrda Movarounnahr hududida mavjud bo‘lgan hunarmandchilik sohalarining qanday rivojlanganligi, ba’zi hunar turlarining asta-sekin yo‘qolib borishi, yangi hunarmandchilik sohalarining paydo bo‘lishi haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, arablar istilosi bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, jumladan, yangi hunarmandchilik turlarining paydo bo‘lishi va mahalliy iqtisodiyotga bo‘lgan ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Bu davr Movarounnahr iqtisodiy hayotining rivojida, xususan, hunarmandchilikning shakllanishida o‘ziga xos burilish davri bo‘ldi.Maqolada mazkur davr tarixining O‘zbek davlatchilik tarixidagi ahamiyati, arab istilosidan keyingi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlar, va bu davrda hunarmandchilikning yangi bosqichga chiqishi, mavjud hunar turlarining takomillashishi yoki yo‘qolishi kabi masalalar tahlil qilingan. Tadqiqotda birlamchi manbalar va ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan holda bu jarayonlarning muhim jihatlari haqida xulosalar taqdim etilgan. Mazkur davrni o‘rganish orqali bugungi hunarmandchilik an’analari, iqtisodiy munosabatlar va madaniy merosning kelib chiqishiga doir muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAzimqulov, Javohir
JurnalМотуридийлик
Nashr sanasi2025-02-01
Jild4
Son3
Betlar91-96
TilIngliz
DOI10.47980/moturidiy/2024-3/12

Kalit so‘zlar

Turon, Movarounnahr, abbosiylar, umaviylar, Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, Saf ul-varroqin, Talas jangi, Bayt at-tiroz, Marv

Ilmiy soha

Мотуридийлик jurnalidan boshqa maqolalar

Мотуридийлик — barcha maqolalar