O‘zbekiston va Germaniyada ta’limni tashkil etishga oid leksik birliklar tavsifi

G.Astonova, Kaharova, M.M.

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayoni turli mamlakatlar o‘rtasida intensiv axborot almashinuvi va yaqin aloqalar o‘rnatilishga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu jarayon ta’lim sohasida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, darsliklar, ilmiy maqolalar, konferensiya materiallari va boshqa ilmiy manbalarni turli tillarga tarjima qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Akademik dasturlar almashinuvida ishtirok etish, turli mamlakatlar universitetlari va tadqiqot markazlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kengayib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, Germaniya va O‘zbekiston davlatlari ta’lim tizimi lug‘at tarkibini qiyosiy o‘rganish ushbu sohada hamkorlik munosabatlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega.

Dunyo davlatlarida ta’lim sohasidagi uzluksiz rivojlanish natijasida amaliyotga yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy usul va yondashuvlardan foydalanish tegishli soha lug‘at boyligini tushunishni talab etilmoqda. O‘zbek va nemis tillarida ta’lim tizimi bilan bog‘liq leksik birliklarning qiyosiy tadqiqi yangi atama, tushuncha va yondashuvlarni qo‘llashdagi o‘ziga xoslik, o‘xshashlik va farqli jihatlarlarni, ularning milliy ta’lim standartlariga muvofiqligini ochib beradi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning yanada kuchayishi davlat rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifasiga aylandi. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va tatbiq etish yuzasidan bir qator qaror va farmoyishlar ishlab chiqildi. Shu bois bir-biridan uzoqda bo‘lgan butun dunyo rivojlangan davlat sifatida tan olgan Germaniya Federativ Respublikasi ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha o‘rganish va tahlil etish hamda erishilgan yutuqlarni mamlakatimiz ta’lim tizimiga joriy etish dolzarb muammolardan biridir.

Binobarin, “Biz jahondagi barcha davlatlar, .... bilan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro do‘stlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashlikni o‘zimizning ustivor vazifamiz, deb bilamiz”. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Chet tillari o‘qitishni yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-1875 qarori, mamlakatimizda barcha sohalarning rivojlanishi unda faoliyat yuritayotgan mutaxassis kadrlarning chet tillari bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishlariga, bu esa o‘z navbatida, ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi.[1]

Maqola ma’lumotlari
MualliflarG.Astonova, Kaharova, M.M.
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-09-12
Jild30
Son3
Betlar213-213
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

ta’lim tizimi, ilmiy manbalar, zamonaviy usul, leksik birliklar, o‘xshashlik va farqli jihatlarlar, o‘ziga xoslik, uzluksiz rivojlanish, lug‘at tarkibi, qiyosiy o‘rganish, educational system, scientific resources, modern method, lexical units, similarities and differences, uniqueness, continuous development, vocabulary, comparative study

Iqtibos keltirish

APAG.Astonova, & Kaharova, M.M. (2024). O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIMNI TASHKIL ETISHGA OID LEKSIK BIRLIKLAR TAVSIFI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 213-213. https://journal.fdu.uz/main/article/2644
GOST (OAK)G.Astonova, Kaharova, M.M. O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIMNI TASHKIL ETISHGA OID LEKSIK BIRLIKLAR TAVSIFI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 213-213.
MLAG.Astonova, and Kaharova, M.M. “O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIMNI TASHKIL ETISHGA OID LEKSIK BIRLIKLAR TAVSIFI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 213-213, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2644
ChicagoG.Astonova, and Kaharova, M.M. “O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIMNI TASHKIL ETISHGA OID LEKSIK BIRLIKLAR TAVSIFI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 213-213 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2644
HarvardG.Astonova, and Kaharova, M.M (2024) ‘O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIMNI TASHKIL ETISHGA OID LEKSIK BIRLIKLAR TAVSIFI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 213-213. https://journal.fdu.uz/main/article/2644
BibTeX
@article{gastonova2024,
  title = {O‘ZBEKISTON VA GERMANIYADA TA’LIMNI TASHKIL ETISHGA OID LEKSIK BIRLIKLAR TAVSIFI},
  author = {G.Astonova and Kaharova, M.M.},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {3},
  pages = {213-213},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2644}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

G.Astonova — boshqa maqolalari