<p><em>Oliy ta’lim jamiyat taraqqiyotida talabalarga kasbiy sohada muvaffaqiyatga erishish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashda muhim o‘rin tutadi. Bu shaxsning intellektual va madaniy rivojlanishiga, shuningdek, yangi bilim va texnologiyalarni yaratishga yordam beradi. Germaniya kabi dunyoning yetakchi davlatlari ta’limga alohida e’tibor qaratib, unga mablag‘ sarflab, ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublarini ishlab chiqmoqda.</em></p> <p><em>Germaniya yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan mashhur va mamlakatdagi oliy ta’lim uzoq tarixga ega. Germaniya universitetlari tadqiqot va o‘qitishning yuqori darajalari, shuningdek, ta’limga innovatsion yondashuvlari bilan yetakchilik qiladi. Germaniya sifatli ta’lim olishga va turli sohalarda bilimlarini kengaytirishga intilayotgan talabalar uchun qulay davlatdir.[1]</em></p> <p><em>Germaniya va O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimi bilan bog‘liq leksik birliklarni qiyosiy tadqiga bag‘ishlangan. Dastlab, Germaniya universitetlarining xususiyatlarini, shuningdek, ushbu mamlakatda o‘quv jarayoni va oliy ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni ko‘rib chiqaylik. Germaniya ta’lim tizimida o‘quvchilar uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etish, o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni tanlash, shuningdek, bilimlarni baholash tizimini tushunish muhimdir. Ushbu tahlil asosida oliy ta’limning Germaniya ijtimoiy taraqqiyotidagi ahamiyati va ushbu mamlakatning jahon miqyosida ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yaxshiroq tushunish mumkin.</em></p>
| Mualliflar | G.Astonova, |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashr sanasi | 2024-09-12 |
| Jild | 30 |
| Son | 3 |
| Til | O‘zbek |
: innovatsion yondashuv, oliy ta’lim tizimi, sifatli ta’lim, ta’lim sohasi, o‘quv dasturi, baholash tizimi, intellektual va madaniy rivojlanish, innovative approach, higher education system, quality education, field of education, curriculum, assessment system, intellectual and cultural development
Ushbu maqola makon va zamon tushunchaalri o‘rtasidagi bog‘liklar masalasini o‘rganish orqali ularni tahlil qilish va o‘rganish nazarda tutilgan.Unda ushbu masala yuzasidan bir qator tadqiqotchilar fikrlari o‘rganilgan…
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayoni turli mamlakatlar o‘rtasida intensiv axborot almashinuvi va yaqin aloqalar o‘rnatilishga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu jarayon ta’lim sohasida alohida ahamiyatga ega bo‘lib…
Ushbu maqola so‘nggi vaqtlarda sezilarli darajada rivojlanayotgan turizm sohasida talabalarga ingliz tilini o‘rgatishning interfaol metodlari haqida umumiy ma'lumot berishga qaratilgan. Maqola ikki qismga bo‘lingan…
Ingliz va o‘zbek tillarida makon va zamon ma’nosini ifodalovchi birliklarning tarjima qilishdagi ularning milliy tilshunoslik doirasida izohli tarzda tarjima qilish va leksik-semantik maydonda makon yasovchi…
Mazkur maqolada mualliflashtirish kategoriyasining mazmun-mohiyati haqida so‘ z boradi. Mualliflashtirish axborotni uning manbaasi nuqtayi nazaridan saralash uchun qo‘llanuvchi atam ekanligi ta’kidlangan adi. Bunda…
Ushbu maqolada shoir va tarjimon Abdulla Sher ijodi haqida so‘ z yuritilib uning ijodida an ’ana va uning turlari misollar orqali tahlil qilingan. Ijodkorlar adabiyotimizdagi janrlar an’anasini, hamda o‘sha asarlardagi…
Mazkur maqolada psixologiya fanidan tilshunoslikka o‘zlashgan persuazivlik atamasining mazmun-mohiyati yoritiladi. Dastlab psixologiyaga oid adabiyotlarda persuaziya atamasi bilan belgilanib kelingan “ishontirish”…
Tarjima lug‘atlarda milliy-madaniy xususiyatlar masalasi til, madaniyat va jamiyatning o‘zgacha ko‘rinishini ifodalaydi. Til o‘zining asliy, milliy xususiyatlari, grammatikasi, leksikasi, ifodalar orqali uning asl…
Tilimizdagi vositalarning turlicha ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik rang-baranglik shunday yo‘l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining o‘ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo…
Ushbu maqola sun'iy intellekt yordamida ingliz tilini o‘rganish usullarini o‘rganadi. Zamonaviy texnologiyalarning hozirgi davrini uchinchi tomon aralashuvisiz, ayniqsa OpenAI tashkiloti tomonidan kiritilgan turli xil…