Yirik va mayda shoxli hayvonlar terilarining elementar tarkibini energodispersion rentgen-flyuoressent usulida tahlil qilish

Rasulova, Mamurakhon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Tadqiqotda energodispersion rentgen-flyuoressent spektroskopiyasi (EDXRF) usulidan foydalangan holda oshlanmagan qoramol, qo‘y hamda echki terilarining mineral tarkibi o‘rganildi va jami 27 ta element elementar darajada aniqlandi. Tahlillar natijasida xomashyo turiga qarab elementlar xilma-xilligi va konsentratsiyasida sezilarli tafovutlar mavjudligi ko‘rsatildi: eng boy elementar tarkib qoramol terisida (23 ta element) qayd etilgan bo‘lsa, qo‘y terisida 22 ta va echki terisida 16 ta element topildi. Barcha namunalar uchun invariant (umumiy) bo‘lgan 15 ta tayanch element (Cl, Si, S, K, Ca, Cr, Fe, Br, Ti, V, Cu, Zn, As, Sr, Zr) to‘qimalarning asosiy mineral negizini tashkil etishi belgilandi. Shu bilan birga, mikroelementlar ulushi makroelementlarga nisbatan qo‘y terisida ~4,4 barobar, echki terisida ~3,3 barobar va qoramol terisida ~0,3 foizga yuqoriligi kuzatildi. Har uchala xomashyo turida ham xrom (Cr), oltingugurt (S), xlor (Cl) va kremniy (Si) eng yuqori ulushga ega dominant elementlar sifatida ajralib turdi. Shuningdek, har bir hayvon turiga xos spetsifik minerallar (qoramol terisida Mg, Al, Sn, Eu; qo‘y terisida Sc, Ga, Ag; echki terisida Se) hamda toksik elementlarning (As, Pb) taqsimlanish xususiyatlari aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRasulova, Mamurakhon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-10-28
Jild7
Son5
Betlar81-87
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
Indeksga qo‘shilgan2026-10-31

Kalit so‘zlar

Qoramol terisi, qo‘y va echki terisi, elementar tarkib, energodispersion rentgen-flyuoressent spektroskopiyasi (EDXRF), makro va mikroelementlar., Cattle hides, sheep and goat hides, elemental composition, energy-dispersive X-ray fluorescence spectroscopy (EDXRF), macro- and microelements.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARasulova, Mamurakhon (2026). YIRIK VA MAYDA SHOXLI HAYVONLAR TERILARINING ELEMENTAR TARKIBINI ENERGODISPERSION RENTGEN-FLYUORESSENT USULIDA TAHLIL QILISH. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 81-87. https://journal.fdu.uz/main/article/7827
GOST (OAK)Rasulova, Mamurakhon YIRIK VA MAYDA SHOXLI HAYVONLAR TERILARINING ELEMENTAR TARKIBINI ENERGODISPERSION RENTGEN-FLYUORESSENT USULIDA TAHLIL QILISH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5. – B. 81-87.
MLARasulova, Mamurakhon. “YIRIK VA MAYDA SHOXLI HAYVONLAR TERILARINING ELEMENTAR TARKIBINI ENERGODISPERSION RENTGEN-FLYUORESSENT USULIDA TAHLIL QILISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 81-87, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7827
ChicagoRasulova, Mamurakhon. “YIRIK VA MAYDA SHOXLI HAYVONLAR TERILARINING ELEMENTAR TARKIBINI ENERGODISPERSION RENTGEN-FLYUORESSENT USULIDA TAHLIL QILISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 81-87 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7827
HarvardRasulova, Mamurakhon (2026) ‘YIRIK VA MAYDA SHOXLI HAYVONLAR TERILARINING ELEMENTAR TARKIBINI ENERGODISPERSION RENTGEN-FLYUORESSENT USULIDA TAHLIL QILISH’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 81-87. https://journal.fdu.uz/main/article/7827
BibTeX
@article{rasulovamamurakhon2026,
  title = {YIRIK VA MAYDA SHOXLI HAYVONLAR TERILARINING ELEMENTAR TARKIBINI ENERGODISPERSION RENTGEN-FLYUORESSENT USULIDA TAHLIL QILISH},
  author = {Rasulova, Mamurakhon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  pages = {81-87},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7827}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari