Atoiy g‘azallarida metonimiyaning qo’llanilishi

MAMARAJABOV, DILSHOD

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Sharq mumtoz she’riyat nazariyasida (ilm-i badi’da) so‘zning to‘g‘ri ma’nosidan boshqa ma’noga ko‘chishi ikki asosiy omil hisoblangan metafora va metonimiya) asosida amalga oshadi. Metonimiya (yunoncha – qayta nomlash) narsa yoki hodisaning o‘zini emas, balki u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa bir tushunchani, uning qismini, idishini, materialini yoki sababini anglatuvchi so‘zning qo‘llanilishidir. Atoiyning g‘azallari mumtoz adabiyotda metonimik fikrlashning eng yuksak namunalari bilan boydir. Shoir o‘z asarlarida obyektlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlashdan ko‘ra, ularning atributlari, joylashuvi, tarixiy yoki diniy kontekstlari orqali ifodalashni afzal ko‘rgan. Bu usul she’r tilini ixchamlashtirish, ma’no qatlamlarini chuqurlashtirish va o‘quvchida assotsiativ fikrlashni uyg‘otishga xizmat qiladi. Asosiy qism. Perifraz bu biror shaxs, narsa yoki hodisani to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomlamasdan, uning xususiyati, sifati yoki u bilan bog‘liq tarixiy-diniy voqea orqali ifodalashdir. Atoiy g‘azallarida perifrazlar, asosan, ulug‘lash, ehtirom bildirish yoki tarixiy xotirani jonlantirish maqsadida qo‘llanilgan. Shoir Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) va Imom Ali (r.a.) kabi ulug‘ Zamonaviy jamiyat va innovatsiyalar ilmiy nazariy jurnali 2026-yil, 8-Son, 2-Qism. ISSN 3060-544X zotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ismlari bilan emas, balki ularning eng yuksak sifatlari va Qur’on- Hadisdagi o‘rinlari orqali tilga oladi. “Bali, sen “rahmatan lilolamin” sen, Ki qilding zohir-u botinni isloh”. “Rahmatan lilolamin”(Olamlarga rahmat qilib yuborilgan) iborasi “Qur’oni Karim”dagi (“Anbiyo surasi”, 107-oyat) tasvirning o‘zi bo‘lib, bu yerda to‘g‘ridan to‘g‘ri Payg‘ambarimizning o‘rinbosari …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMAMARAJABOV, DILSHOD
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-09-22
Son8
Betlar357-360
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.604
Indeksga qo‘shilgan2026-09-23

Kalit so‘zlar

Atai, ghazal, metonymy, synecdoche, periphrasis, idrof, figure of speech, Chagatai literature, semantic shift, artistic symbol, Атаи, газель, метонимия, синекдоха, перифраз, ироф, троп, чагатайская литература, семантический сдвиг, художественный символ

Iqtibos keltirish

APAMAMARAJABOV, DILSHOD (2026). ATOIY G‘AZALLARIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI. Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 357-360. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.604
GOST (OAK)MAMARAJABOV, DILSHOD ATOIY G‘AZALLARIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 8. – B. 357-360. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.604.
MLAMAMARAJABOV, DILSHOD. “ATOIY G‘AZALLARIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 357-360, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.604
ChicagoMAMARAJABOV, DILSHOD. “ATOIY G‘AZALLARIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 357-360 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.604
HarvardMAMARAJABOV, DILSHOD (2026) ‘ATOIY G‘AZALLARIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 357-360. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.604
BibTeX
@article{mamarajabovdilshod2026,
  title = {ATOIY G‘AZALLARIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI},
  author = {MAMARAJABOV, DILSHOD},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {8},
  pages = {357-360},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.604},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.604}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi