NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA INKLYUZIV YONDASHUV: BOSHLANG‘ICH SINFLAR MISOLIDA

Ziyoyev , Shuhratxon

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf sharoitida nutqni rivojlantirish jarayoniga inklyuziv yondashuvning mazmuni va amaliy imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar nutqiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari, kommunikativ ehtiyojlari hamda ta’lim muhitini moslashtirish omillari tahlil qilinadi. Nutqni rivojlantirishda individual yondashuv, differensial topshiriqlar, vizual tayanchlar, multimodal mashqlar va hamkorlikda o‘qitishning ahamiyati asoslanadi. Maqola natijalarida inklyuziv sinfda nutqni rivojlantirish samaradorligini oshiruvchi metodik shartlar va tavsiyalar tizimi taklif etiladi. Maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida nutqni rivojlantirish jarayonining psixologik, lingvistik va ijtimoiy omillari o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning fonematik idroki, lug‘at boyligi, bog‘lanishli nutqi hamda ijtimoiy-kommunikativ faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik vositalar tizimlashtiriladi. Inklyuziv muhitda “tengdoshlar ta’siri” (peer effect) omilining nutqiy faollikka ko‘rsatuvchi ijobiy ta’siri ilmiy manbalar asosida asoslanadi. Shuningdek, maqolada raqamli ta’lim vositalari, interaktiv o‘yinlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari va multimodal texnologiyalar integratsiyasi orqali nutqiy kompetensiyani shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Taklif etilgan metodik tavsiyalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, logopedlar hamda inklyuziv ta’lim amaliyotchilari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZiyoyev , Shuhratxon
JurnalҚўқон университети хабарномаси
Nashr sanasi2026-02-11
Jild17
Betlar158-160
TilIngliz

Kalit so‘zlar

inklyuziya, boshlang‘ich ta’lim, nutqni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, kommunikativ kompetensiya, differensiat¬siya, multimodal yondashuv, vizual tayanchlar.

Ilmiy soha

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar