Dizartrik bolada umumiy va mayda matorikani rivojlantirish

Ismatova , Dilso‘z

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada dizartriya nutq buzilishining klinik-pedagogik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari hamda dizartrik bolalarda umumiy va mayda motorika rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Dizartriya – markaziy yoki periferik nerv tizimi shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan, nutq apparati mushaklarining innervatsiyasi buzilishi bilan tavsiflanadigan murakkab nutq nuqsonidir. Ushbu holat nafaqat tovush talaffuzi va nutq ravonligiga, balki bolaning umumiy harakat koordinatsiyasi, muvozanati, mushak tonusi hamda nozik qo‘l harakatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada dizartrik bolalarda uchraydigan umumiy motorika (yirik harakatlar) va mayda motorika (barmoq va qo‘l mushaklari harakati) buzilishlarining sabablari, ularning psixofiziologik mexanizmlari hamda nutq rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, motor faoliyatning yetarli darajada shakllanmaganligi bolaning kognitiv rivojlanishi, yozuv ko‘nikmalari, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalari va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ochib berilgan. Maqolada motor ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan korreksion-pedagogik ishlar tizimi, jumladan, barmoq o‘yinlari, plastilin va qum bilan ishlash, konstruktiv o‘yinlar, muvozanat va koordinatsiyani rivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek, ergoterapiya va art-terapiya elementlarining ahamiyati asoslab berilgan. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, bosqichma-bosqichlik, individuallashtirish va muntazamlik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada dizartrik bolalarda motorikani rivojlantirish jarayoni logoped, nevrolog, defektolog hamda ota-onalar hamkorligida olib borilishi lozimligi qayd etilib, kompleks yondashuvning samaradorligi ilmiy manbalar asosida asoslangan. Xulosa sifatida mayda va umumiy motorikani rivojlantirish nutqni korreksiya qilish jarayonining ajralmas qismi ekanligi, u bolaning psixomotor, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan dalillangan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIsmatova , Dilso‘z
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-02-11
Jild17
Betlar167-169
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

dizartriya, umumiy va mayda matorika, mator ko‘nikmani rivojlantirish, barmoq mashqlari, koordinatsiya, plastilin, qum, ergoterapiya, art terapiya.

Iqtibos keltirish

APAIsmatova , Dilso‘z (2026). DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH. Қўқон университети хабарномаси, 17, 167-169. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1492
GOST (OAK)Ismatova , Dilso‘z DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 17. – B. 167-169.
MLAIsmatova , Dilso‘z. “DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH.” Қўқон университети хабарномаси, 17, 167-169, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1492
ChicagoIsmatova , Dilso‘z. “DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH.” Қўқон университети хабарномаси, 17, 167-169 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1492
HarvardIsmatova , Dilso‘z (2026) ‘DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH’, Қўқон университети хабарномаси, 17, 167-169. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1492
BibTeX
@article{ismatovadilsoz2026,
  title = {DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH},
  author = {Ismatova , Dilso‘z},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {17},
  pages = {167-169},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1492}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Ismatova , Dilso‘z — boshqa maqolalari