Intellekt xarita yordamida oʻquvchilarda “emotsional intellekt”ni rivojlantirish

Gʻaniyev , Abduqahhor

Мактабгача ва мактаб таълими · 2025-yil

Annotatsiya

Sun’iy intellektning ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotda keng qoʻllanilishi, shuningdek, ilm hajmining tezsur’atlarda ortishi noaniq sharoitlarda nostandart yechimlarni topa oladigan mutaxassislarni tayyorlash zaruratini yuzagakeltirmoqda. Ushbu tadqiqotda bunday mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Buning uchun oʻquvchilardasun’iy intellektli robotlar ega boʻla olmaydigan yumshoq koʻnikmalar (soft skills)ni rivojlantirish usullaridan foydalanishtavsiya etiladi. Shu maqsadda oʻquvchilarning “emotsional intellekt”ini rivojlantirish va ta’lim jarayonida verbalma’lumotlarni samarali vizuallashtirish vositasi sifatida intellekt xarita (Mind Map)dan foydalanish taklif etiladi. Tadqiqotda“Tasviriy san’at” intellekt xaritasi yordamida oʻquvchilarning tasavvurlari, emotsiyalari, emotsional intellekti va assotsiativbogʻlanishlarni shakllantirish orqali nostandart fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish metodlari keltirilgan. Olingan natijalarnipedagogik amaliyotda qoʻllash oʻquvchilarning tasavvuri va emotsional intellektini rivojlantirishga xizmat qiladi.Maqola pedagogika institutlari talabalari, umumta’lim maktablari oʻqituvchilari hamda pedagogika sohasida izlanish olibborayotgan tadqiqotchilar uchun foydalidir

Maqola ma’lumotlari
MualliflarGʻaniyev , Abduqahhor
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
Nashr sanasi2025-09-02
Jild3
Son9
TilO‘zbek
DOI10.5281/zenodo.17112713

Kalit so‘zlar

sun’iy intellekt, mutaxassislar tayyorlash, emotsional intellekt, yumshoq koʻnikmalar, neyroplastiklik, tasavvur, intellekt xarita (Mind Map), tasviriy san’at

Ilmiy soha

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar