Intellekt xaritalar yordamida oʻquvchilarning “ijodiy fikrlash” koʻnikmalarini rivojlantirish

Gʻaniyev , Abduqahhor

Мактабгача ва мактаб таълими · 2025-yil

Annotatsiya

Maqolada “intellekt xarita” (Mind Map) lardan foydalanish orqali o‘quvchilarda mantiqiy va nostandartfikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. O‘simliklar haqidagi ma’lumotlar asosida tuzilgan “O‘simliklardunyosi” hamda mevalar haqidagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan “Mevalar” intellekt xaritalari yordamida o‘quvchilarningtasavvur va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari keltirilgan. Savollar o‘quvchilarning analiz qilish,solishtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, keyingito‘rtta topshiriq tasavvurni rivojlantirish, analogiya va metafora elementlarini o‘zlashtirish hamda emotsiya va tuyg‘ularbilan bog‘liq bo‘lgan nostandart fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan. Ta’lim beruvchi tomonidan intellektxaritalardan ijodkorona foydalanish va o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini rag‘batlantirish ularning tasavvurini hamdayaxlit fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlaydi.Maqola umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariva pedagogika institutlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarGʻaniyev , Abduqahhor
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
Nashr sanasi2025-12-02
Jild3
Son12
TilO‘zbek
DOI10.5281/zenodo.18077706

Kalit so‘zlar

o‘quvchilar, atrofdagi olam, intellekt xarita, tasavvur, mantiqiy fikrlash, nostandart fikrlash, o‘simliklar, mevalar, solishtirish, analiz, umumlashtirish, aniqlashtirish, analogiya, metafora, emotsiya, ijodiy fikrlash, rivojlantirish.

Ilmiy soha

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar