Kirish. Badiiy diskursda emotsional ifodaning tadqiqi zamonaviy stilistika va lingvopoetikaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Badiiy matn muayyan axborotni uzatish bilan chegaralanmay, leksik, grammatik, stilistik va narrativ vositalarning o‘zaro ta’siri orqali estetik Zamonaviy jamiyat va innovatsiyalar ilmiy nazariy jurnali 2026-yil, 7-Son, 2-Qism. ISSN 3060-544X hamda emotsional mazmunni shakllantiradi. Ana shunday emotsional-estetik kategoriyalar ichida pafos alohida o‘rin tutadi. Pafos muallifning tasvirlanayotgan voqelik, obraz va hodisalarga nisbatan g‘oyaviy-estetik munosabatini hamda ushbu munosabatning o‘quvchiga emotsional ta’sirini ifodalovchi murakkab badiiy hodisa hisoblanadi. Pafos tushunchasining nazariy ildizlari qadimgi yunon falsafasi va ritorikasiga borib taqaladi. Aristotelning “Ritorika” asarida pafos etos va logos bilan bir qatorda nutqning tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini belgilovchi asosiy vositalardan biri sifatida talqin qilinadi. Keyinchalik mazkur tushuncha adabiyotshunoslikda kengayib, badiiy asarning g‘oyaviy- emotsional mazmunini belgilovchi estetik kategoriya sifatida shakllandi. G.N. Pospelov pafosni badiiy asarning g‘oyaviy-emotsional mohiyati bilan bog‘laydi [1]. “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da esa asar pafosi yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan g‘oya, his va hayajon sifatida izohlanadi [2]. D. Quronov pafosni “ijodkorning o‘zi tasvirlayotgan voqelikka g‘oyaviy-estetik munosabati, avtor emotsionalligi” sifatida belgilaydi [3]. Mazkur qarash pafosni faqat personajning hissiy holati emas, balki subyekt–obyekt–adresat munosabatlari doirasida yuzaga keladigan kompleks kommunikativ-estetik hodisa sifatida o‘rganish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan, pafosning badiiy matnda qanday lingvistik vositalar orqali …
| Mualliflar | ERDANOV, ZAFAR |
|---|---|
| Jurnal | Таълимда истиқболли изланишлар |
| Nashr sanasi | 2026-09-20 |
| Son | 8 |
| Betlar | 44-51 |
| Til | O‘zbek |
pathos, linguopoetics, stylistics, artistic discourse, The Great Gatsby, F. Scott Fitzgerald, symbolism, metaphor, narrative perspective, lexical actualization, foregrounding, Green Light, пафос, лингвопоэтика, стилистика, художественный дискурс, «Великий Гэтсби», Ф. Скотт Фицджеральд, символизм, метафора, повествовательная перспектива, лексическая актуализация, выдвижение, Зелёный огонёк
Zamonaviy jamiyat va innovatsiyalar ilmiy nazariy jurnali 2026-yil, 7-Son, 2-Qism. ISSN 3060-544X “Boburnoma”ning yana bir muhim xususiyati — tarixiy voqealarning shaxsiy tajriba bilan…
Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, psixologik barqarorligi va favqulodda vaziyatlarda tezkor hamda to‘g‘ri qaror qabul qila olish qobiliyatini…
Kirish. Zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy o‘zgarishlar oliy ta’limning maqsadi, mazmuni va natijalariga nisbatan yangicha talablarni yuzaga keltirmoqda. Ta’limning bilimlarni uzatishga asoslangan…
Kirish. Oila shaxsning ijtimoiylashuvi, emotsional rivojlanishi, qadriyatlar tizimi va shaxslararo munosabatlar tajribasi shakllanadigan asosiy ijtimoiy muhitlardan biridir. Insonning dastlabki kommunikativ tajribasi…
introduction of digital educational technologies in the educational process, in particular the creation of mobile applications in subjects, serves to increase the level of education of students and to obtain independent…
Kirish. Jahonda transchegaraviy transport-logistika yo‘laklarining kengayishi va xalqaro savdo oqimining geometrik progressiyada o‘sishi sharoitida o‘tkazish punktlarida xavfsizlikni ta’minlashning sifat jihatidan yangi…
Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tashkil etishning an’anaviy usullarini qayta ko‘rib chiqishni talab…
Kirish. Maktabgacha yosh davri bolaning emotsional, ijtimoiy va kommunikativ rivojlanishi jadallashadigan muhim ontogenetik bosqichlardan biridir. Aynan shu davrda bola o‘z his-tuyg‘ularini anglash, ularni nomlash…
Kirish. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati milliy uyg‘onish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning markaziy yo‘nalishlaridan birini ta’lim va tarbiyani yangilash…
Kirish. Zamonaviy tasviriy san’at o‘qituvchisi ikki xil professional vazifani birlashtiradi: u badiiy-estetik jarayonlarni chuqur anglaydigan ijodkor mutaxassis va boshqa shaxsning estetik rivojini pedagogik jihatdan…