BO‘LAJAK MUSIQA PEDAGOGLARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

MUXAMEDOV, FERUZ

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Psixologiya fanida kreativ fikrlash shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish, mavjud muammolarni noodatiy usullar bilan hal etish, moslashuvchan fikrlash hamda yangilik yaratishga intilish qobiliyati sifatida tavsiflanadi. Mazkur sifat shaxsning intellektual salohiyati, motivatsiyasi, emotsional barqarorligi, reflektiv tafakkuri va ijtimoiy tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotchilar kreativlikni faqat tug‘ma qobiliyat emas, balki qulay psixologik va pedagogik muhitda muntazam rivojlantiriladigan shaxsiy sifat sifatida baholaydilar. Shu nuqtai nazardan musiqiy ta’lim ijodkorlikni shakllantirish uchun eng samarali ta’lim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Musiqiy faoliyat o‘zining emotsional, estetik va ijodiy xususiyatlari bilan boshqa ta’lim yo‘nalishlaridan farq qiladi. Musiqiy asarlarni tahlil qilish, talqin etish, improvizatsiya qilish, kompozitsiyalar yaratish va jamoaviy ijro jarayonlari bo‘lajak pedagoglarning tasavvuri, emotsional intellekti, kommunikativ qobiliyati va kreativ tafakkurini rivojlantiradi. Ayniqsa, erkin ijodiy muhit, musiqiy tajriba almashinuvi va pedagogik hamkorlik talabalarni mustaqil fikrlashga, yangicha g‘oyalarni ilgari surishga hamda kasbiy muammolarni innovatsion yondashuv asosida hal etishga undaydi. Shu munosabat bilan bo‘lajak musiqa pedagoglarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik omillarini ilmiy asosda o‘rganish, ularning kasbiy shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash hamda ta’lim jarayonida kreativ salohiyatni rivojlantirishning samarali psixologik-pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish zamonaviy pedagogika va psixologiya fanining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Endilikda …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMUXAMEDOV, FERUZ
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
Nashr sanasi2026-07-23
Son7
Betlar121-126
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.55

Kalit so‘zlar

prospective music teacher, creative thinking, psychological factors, music education, creative competence, emotional intelligence, reflection, intrinsic motivation, musical improvisation, pedagogical competence, будущий педагог музыкального образования, креативное мышление, психологические факторы, музыкальное образование, креативная компетентность, эмоциональный интеллект, рефлексия, внутренняя мотивация, музыкальная импровизация, педагогическая компетентность. Bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bilan bir qatorda ularning kreativ fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va innovatsion faoliyatga tay

Ilmiy soha

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar