TALABALARDA VAQTNI BOSHQARISH KO‘NIKMALARI VA PROKRASTINATSIYA: PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR TAHLILI

RAZAKOV, FARXOD

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Bugungi kunda global ta’lim tizimida talabalar faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish dolzarb ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘quv yuklamasi ortib borishi, raqamli texnologiyalarning keng tarqalishi va axborot oqimining keskin ko‘payishi sharoitida vaqtni samarali boshqarish (time management) ko‘nikmalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonga to‘sqinlik qiluvchi psixologik omillardan biri sifatida prokrastinatsiya - ya’ni vazifalarni kechiktirish tendensiyasi - keng ilmiy e’tibor markazida turibdi. Xalqaro tadqiqot natijalariga ko‘ra, universitet talabalari orasida prokrastinatsiya darajasi juda yuqori bo‘lib, ayrim tadqiqotlarda bu ko‘rsatkich 40% dan 70% gacha yetishi qayd etilgan (Steel, 2007; Rozental & Karlsson, 2014). Bu holat faqat o‘quv jarayoniga emas, balki Impact Factor 12.89 / 2026 10 | Zamonaviy ilm nafasi Zamonaviy jamiyat va innovatsiyalar ilmiy nazariy jurnali 2026-yil, 5-Son talabalarning ruhiy salomatligi, stress darajasi va akademik muvaffaqiyatiga ham bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, vaqtni noto‘g‘ri rejalashtirgan talabalar orasida imtihon oldi xavotir (exam anxiety) va depressiv holatlar sezilarli darajada yuqori ekani aniqlangan. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham so‘nggi yillarda olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, talabalar mustaqil ta’limga ajratilgan vaqtni to‘liq va samarali rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu esa ularning topshiriqlarni oxirgi daqiqada bajarishi, o‘quv materiallarini yuzaki o‘zlashtirishi hamda akademik …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRAZAKOV, FARXOD
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
Nashr sanasi2026-05-27
Son5
Betlar10-15
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.11

Kalit so‘zlar

time management, procrastination, motivation, self-regulation, academic performance, psychological determinants, управление временем, прокрастинация, мотивация, саморегуляция, академическая успеваемость, психологические детерминанты

Ilmiy soha

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar