Mazkur maqolada valiylik darajasiga yetgan shayxlik maqomi haqida so‘z yuritiladi. Valiylik so‘zini etimologik jihatdan tahlil qilib, uning kelib chiqishi bilan bog‘liq ma‘lumotlarni berishga harakat qilingan. Qur‘oni karimda valiylik va karomat tushunchasi qanday ahamiyat kasb etishi ham ochib berilgan. Mavzuga oid Qur‘on oyatlari va hadislar ketirilgan. Valiylik va karomat masalasi tasavvufda eng muhim mavzulardan bo‘lib, u haqida deyarli barcha mutasavviflar so‘z yuritganlar. Ammo turli tariqat vakillari bu tushunchalarni har xil talqin qilganlar. Jumladan, kubraviylik tariqatining asoschisi Najmiddin Kubroning ham bu masalada o‘ziga xos qarashlari mavjud bo‘lgan. Uning karomat bilan bog‘liq fikrlari “Usuli ashara” kitobida o‘z aksini topgan.Kubro shayxlik maqomiga erishgan kishining sifati va fazilatlarini bayon qilar ekan, ikki ahamiyatli jihatga qarash lozimligini uqtiradi: biri muridning moliyaviy va jismoniy yo‘l bilan xizmat ko‘rsatishi bo‘lsa, ikkinchisi, shayxning murid qobiliyatiga yarasha ruh va fayz bahsh etmog‘idir. Bu narsalar muridning yetuklikka erishishini tezlashishiga xizmat qiladi.Najmiddin Kubro shayx ta‘lim berish uchun qanday sifatlarga ega bo‘lishini sanab o‘tadi. Shuningdek ayrim illatlardan xoli bo‘lish zarurligini ham ta‘kidlaydi. Shayxlikdan murod bu Yaratganning rizoligiga erishish. Uni topish yo‘llarini shogirdlarga ko‘rsatib berish. Jamiyatda go‘zal xulqli kishilar safini kengaytirish uchun aynan ustoz-shogird an‘anasiga tayangan holda ish ko‘rish samarali vosita ekanini ko‘rsatib bergan. Bularning barchasi Najmiddin Kubro tomonidan uning kitoblarida qat‘iy ko‘rsatilgan.
| Mualliflar | TUYCHIEVA, Nilufar |
|---|---|
| Jurnal | Мотуридийлик |
| Nashr sanasi | 2025-03-12 |
| Jild | 3 |
| Son | 3 |
| Betlar | 25-31 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.47980/moturidiy/2023-3/4 |
DOI: 10.47980/moturidiy/2023-3/4 · Maqolaning asl sahifasi
avliyo, karomat, taqvo, xavf, rajo, nafs, uzlat, shayx
Maqolada xristian asketizmi asosi “Injil”, “Havoriylar maktublari” hamda havoriylar faoliyatiga tayangani aniqlangan. Pavel, Pyotr kabi havoriylarning hayot yo‘llari va turmush tarzlari xristian asketizmining rivojiga…
Ушбу мақолада Аллоҳнинг сифатлари уларнинг турлари, хусусан Аллоҳнинг муташобеҳ кайфиятсиз сифатлари ва уларнинг таснифланиши борасида “мутақаддим" ва “мутааххир" уламоларнинг фикрлари ҳамда мотуридийя ва ашъарийя…
Jahondagi dinlar ta‘limotlari, muqaddas manbalari va marosimlarining asl mazmun-mohiyati xalqlar orasida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Diniy bag‘rikenglik va…
The development of all sciences, especially Islamic sciences, benefiting Muslims and the peoples of the whole world, was greatly influenced by the work of the scholars of Mawarannahr. We can see that they have achieved…
Religious content on the Internet and mass media, while making a great contribution to the development of world culture, also creates threats of extremism under the guise of religion. The ideas related to the system of…
Асрлар оша кўплаб тадқиқотчи ва олимларни тафсирлар билан бир қаторда уларнинг турлари ҳам қизиқтириб келган. Шу нуқтаи назардан тафсир турлари, уларнинг фарқли ва ўхшаш томонлари каби масалалар қайта-қайта ўрганилган…
Ушбу мақолада Қурайш қабиласи уруғларининг силсиласи, уларнинг Маккада тутган ўрни, Макканинг Арабистон яриморолининг диний маркази бўлиш билан бирга, унинг геосиёсий ҳаётида тутган ўрни, унинг сиёсий, иқтисодий тузуми…
Mazkur maqolada ko‘chmanchi o‘g‘uz qabilalarining saljuqiylar urug‘i atrofida birlashishi va Buyuk Saljuqiylar davlati (1038–1057) ning yuzaga kelish jarayoni yoritib berilgan. Saljuqiylarning O‘g‘uz yabg‘u davlati…
Мақолада қадимги Уструшона минтақасининг географик жойлашуви ҳамда Уструшона атамасининг келиб чиқиши ва маъноларига доир тадқиқотлар олиб борилган.Уструшона ва унинг чегаралари ҳақидаги маълумотлар IX–XI асрларга оид…
Uzbekistan is one of the countries with an ancient history and along with national values, it is taking steps towards integration with the world community. The implemented reforms serve to increase the economy of the…