O‘zbekistonda kitob nashri va savdosi tizimining rivojlanish tarixi

Iskandarova, Gulnoza

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqola O‘rta Osiyoda kitob nashri va kitob savdosi tizimining 1920-1950 yillardagi shakllanishi, rivojlanishi va tizimli o‘zgarishlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada shu davrlarda faoliyat yuritgan O‘zbekiston davlat kitob palatasida shakllangan bibliografik ma’lumotlar, O‘zbekiston Vazirlar Kengashi davlat bosmaxona qo‘mitasining arxiv hujjatlari, O‘zbekiston kitob savdosi assosiatsiyasining arxiv materiallari, davriy matbuot materiallari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi materiallari, Toshkent davlat universitetining ilmiy ishlari, “Правда Востока”, “Известия” газетаси “Советский Ўзбекистан сегодня” jurnallari, kitob kataloglari va ilmiy adabiyotlar asosiy manba sifatida qo‘llanildi. Kitobchilik sohasining taraqqiyoti tarixiy-xronologik, manbashunoslik, qiyosiy-tahliliy, tizimli yondashuv va kontent-tahlil usullari asosida tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada kitob nashri va savdosi tizimining alohida nashriyot yoki bosmaxona faoliyati sifatidagi emas, balki jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy va axborot ehtiyojlarini ta’minlovchi yaxlit tizim sifatida shakllanish jarayoniga e’tibor qaratiladi. Nashriyotlar, bosmaxonalar, kitob savdo tarmoqlari, kutubxonalar va matbaa mutaxassislarini tayyorlash bilan bog‘liq jarayonlarning o‘zaro aloqasi tarixiy izchillik asosida yoritiladi. Kitob mahsulotlarining mazmuni, nashr hajmi va tarqatish imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar orqali davlatning madaniy siyosati hamda axborot makonini boshqarish mexanizmlarining ta’siri ochib beriladi. Mazkur yondashuv O‘zbekistonda kitobchilik sohasining tashkiliy tuzilmasi qanday shakllanganini, uning jamiyatdagi mavqeyi va faoliyat yo‘nalishlari qaysi omillar ta’sirida o‘zgarganini yaxlit tarixiy jarayon sifatida anglash imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIskandarova, Gulnoza
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-08-19
Jild19
Betlar156-160
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-22

Kalit so‘zlar

Markaziy Osiyo, O‘zbekiston SSR, bosmaxona, nashriyot, yarmarka, marksistik matbuot, sovet, poligrafiya, inqilob, broshyura, savdo, matbuot.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAIskandarova, Gulnoza (2026). O‘ZBEKISTONDA KITOB NASHRI VA SAVDOSI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 156-160. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1799
GOST (OAK)Iskandarova, Gulnoza O‘ZBEKISTONDA KITOB NASHRI VA SAVDOSI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 156-160.
MLAIskandarova, Gulnoza. “O‘ZBEKISTONDA KITOB NASHRI VA SAVDOSI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 156-160, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1799
ChicagoIskandarova, Gulnoza. “O‘ZBEKISTONDA KITOB NASHRI VA SAVDOSI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 156-160 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1799
HarvardIskandarova, Gulnoza (2026) ‘O‘ZBEKISTONDA KITOB NASHRI VA SAVDOSI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 156-160. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1799
BibTeX
@article{iskandarovagulnoza2026,
  title = {O‘ZBEKISTONDA KITOB NASHRI VA SAVDOSI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI},
  author = {Iskandarova, Gulnoza},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {156-160},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1799}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari