Iqtisodiy nutqiy birliklarning etimologik genezisi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari

Qarshiyeva , Shahnoza

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtisodiy diskurs tarkibida faol qo‘llanadigan nutqiy birliklarning etimologik genezisi, tarixiy shakllanish bosqichlari va taraqqiyot qonuniyatlari diaxron yondashuv asosida tadqiq etiladi. Iqtisodiy leksikaning shakllanishi jamiyatning savdo, moliya, ishlab chiqarish, kredit, bank, investitsiya va raqamli iqtisodiyot institutlari taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda iqtisodiy nutqiy birliklarning german, lotin, fransuz, italyan va boshqa tillarga mansub etimologik qatlamlari, ularning ingliz iqtisodiy diskursiga kirib kelish yo‘llari hamda dastlabki ma’nodan maxsus iqtisodiy tushunchaga aylanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Market, finance, capital, credit, bank, budget, stock, investment, inflation kabi tarixiy qatlamga mansub birliklar bilan bir qatorda FinTech, digital finance, crowdfunding, cryptocurrency, platform economy singari yangi iqtisodiy birliklarning yuzaga kelish xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda iqtisodiy nutqiy birliklarning rivojlanishi faqat yangi terminlarning paydo bo‘lishi bilan emas, balki mavjud leksik birliklarning qayta semantizatsiyasi, terminologizatsiyasi, yangi terminologik birikmalar tarkibida faollashuvi va xalqaro iqtisodiy kommunikatsiya ta’sirida funksional jihatdan kengayishi bilan ham bog‘liqligi asoslanadi. Iqtisodiy birliklarning tarixiy taraqqiyoti etimologik manba, semantik transformatsiya, terminologik barqarorlashuv va innovatsion modifikatsiya bosqichlari orqali tavsiflanadi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida qisqartma, kompozitsiya va mavjud iqtisodiy komponentlarni yangi texnologik birliklar bilan birlashtirish asosida nominativ modellarning mahsuldorligi ortib borayotgani ko‘rsatiladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy terminologiyaning tarixiy davomiyligi va zamonaviy innovatsion xususiyatlarini yagona tizimda talqin qilish imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQarshiyeva , Shahnoza
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-08-19
Jild19
Betlar151-155
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-22

Kalit so‘zlar

iqtisodiy diskurs, nutqiy birlik, etimologik genezis, diaxroniya, iqtisodiy terminologiya, tarixiy taraqqiyot, terminologizatsiya, semantik ixtisoslashuv, o‘zlashma, innovatsion birlik.

Iqtibos keltirish

APAQarshiyeva , Shahnoza (2026). IQTISODIY NUTQIY BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK GENEZISI VA TARIXIY TARAQQIYOT QONUNIYATLARI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 151-155. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1798
GOST (OAK)Qarshiyeva , Shahnoza IQTISODIY NUTQIY BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK GENEZISI VA TARIXIY TARAQQIYOT QONUNIYATLARI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 151-155.
MLAQarshiyeva , Shahnoza. “IQTISODIY NUTQIY BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK GENEZISI VA TARIXIY TARAQQIYOT QONUNIYATLARI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 151-155, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1798
ChicagoQarshiyeva , Shahnoza. “IQTISODIY NUTQIY BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK GENEZISI VA TARIXIY TARAQQIYOT QONUNIYATLARI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 151-155 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1798
HarvardQarshiyeva , Shahnoza (2026) ‘IQTISODIY NUTQIY BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK GENEZISI VA TARIXIY TARAQQIYOT QONUNIYATLARI’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 151-155. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1798
BibTeX
@article{qarshiyevashahnoza2026,
  title = {IQTISODIY NUTQIY BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK GENEZISI VA TARIXIY TARAQQIYOT QONUNIYATLARI},
  author = {Qarshiyeva , Shahnoza},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {151-155},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1798}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi