Annotatsiya Mazkur maqola jahon va o‘zbek tilshunosligida tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan antroposentrik paradigma asosida, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari muloqot madaniyatida “til va shaxs” mushtarakligi prinsipining mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Tadqiqotda mintaqaviy muloqot jarayoni, xususan, o‘zbek shevalaridagi lisoniy shaxs ko‘rinishlari etnolingvistik va aksiologik yondashuvlar yordamida tahlil qilingan. Tatqiqotda jonli so‘zlashuvdagi murojaat shakllari, hurmat kategoriyasi va xalq paremiyalari misolida milliy mentalitet, qadriyatlar tizimi hamda so‘zlovchi shaxs o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asoslangan. Maqolada til birliklariga millatning ma’naviy kodi va shaxsning ijtimoiy-madaniy qiyofasini belgilovchi omil sifatida baho berilgan. Shu bilan birga, mazkur birliklar etnolingvistik va aksiologik mazmun bilan bir qatorda sotsiokognitiv-pragmatik jihatdan ham yoritilgan. Suhbatdoshning ijtimoiy qiyofasini asrash, e’zozlashga qaratilgan xushmuomalalik va nutqiy etiket birliklari sifatida baholanadi. Dialektal lisoniy shaxs nutqidagi murojaat va etiket birliklari uning sotsiokognitiv tajribasi, pragmatik kompetensiyasining ko‘rsatkichi sifatida etnolingvistik-aksiologik-pragmatik tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari turkiyshunoslik, xususan, zamonaviy dialektologiya va lingvokulturologiya nazariyasini yangi ilmiy xulosalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Antroposentrik paradigma, muloqot madaniyati, “til va shaxs mushtarakligi” prinsipi, dialektal lisoniy shaxs, etnolingvistika, aksiologiya, dialektal diskurs, milliy mentalitet.
| Mualliflar | Sherzod Normo'minov |
|---|---|
| Jurnal | Туркологик тадқиқотлар |
| Nashr sanasi | 2026-07-30 |
| Til | uz |
| DOI | 10.5281/zenodo.22083917 |
DOI: 10.5281/zenodo.22083917 · Maqolaning asl sahifasi
Аннотация Статья посвящена исследованию музыкальной терминологии тувинского языка в сфере искусства горлового пения «хоомей». Показано, что лексика этого направления формируется на стыке традиционных и заимствованных…
Annotatsiya Maqolada olti jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” (Toshkent, 2023)da moʻgʻul tiliga mansublik belgisi bilan qayd etilgan leksik birliklar yaxlit korpus sifatida ajratib olinib, tahlil qilingan…
Annotaciya Bul maqalada pedagogikalıq terminlerdi inglis tilinen qaraqalpaq tiline awdarıwda ushırasatuǵın leksik-semantikalıq máseleler úyreniledi. Onda pedagogikalıq terminologiyanıń mánilik ózgeshelikleri…
Annotatsiya Mazkur maqola jahon va o‘zbek tilshunosligida tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan antroposentrik paradigma asosida, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari muloqot madaniyatida “til va shaxs” mushtarakligi…
Annotatsiya Maqolada o‘zbek va nemis tillarida son va jinsga oid umumiy va xususiy kategoriyalar, ular o‘rtasida kuzatiladigan morfologik hamda leksik parallelizm – jins kategoriyasining yo‘qligi, agglutinativ tuzilish…
Аннотация Статья посвящена исследованию музыкальной терминологии тувинского языка в сфере искусства горлового пения «хоомей». Показано, что лексика этого направления формируется на стыке традиционных и заимствованных…
Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zlashma leksemalarning mazmuniy mundarijasida yuz beradigan semantik o‘zgarishlar muammosi ko‘rib chiqilgan. Bu jarayonda o‘zlashma leksemalardagi semantik torayish hodisasi batafsil tahlil…
Аннотация Статья посвящена анализу способов выражения временных отношений в русском и узбекском языках с опорой на сопоставительный подход. В качестве эмпирического материала используется художественный текст Л.Н…
Annotatsiya Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda yashab ijod qilgan va turkiy adabiyotni keng ko‘lamda boyishi uchun o‘z hissasini qo‘shgan nomanavis adiblar ijodi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Kichik lirik janrlardan…
Annotatsiya Mazkur maqolada nekronimlar va ular negizida shakllangan nekrotoponimlarning lisoniy tabiati, vujudga kelish omillari hamda lingvomadaniy xususiyatlari Jizzax viloyati Forish tumani onomastik merosi sifatida…