O'ZBEK VA NEMIS TILLARIDA PREDMETLIK VA NOPREDMETLIK KATEGORIYALARINING PRONOMINAL IFODASI

Zuhro Azimova

Туркологик тадқиқотлар · 2026-yil

Annotatsiya

Annotatsiya Maqolada o‘zbek va nemis tillarida son va jinsga oid umumiy va xususiy kategoriyalar, ular o‘rtasida kuzatiladigan morfologik hamda leksik parallelizm – jins kategoriyasining yo‘qligi, agglutinativ tuzilish, affiksatsiyaning ustuvorligi va ayrim ildiz shakllarining yaqinligi Helbig, Busha, Chomskiy, Grim, Sossyur qarashlari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, XX asrgacha son kategoriyasi falsafiy tushuncha sifatida, keyinchalik Ferdinand de Sossyur son kategoriyasining lingvistik asoslarini tizimlashtirib, tilni o‘z ichki tizimiga ega bo‘lgan mustaqil struktura sifatida o‘rganadi, son tushunchasini grammatik kategoriya sifatida tahlil qiladi va son belgilar tizimi ichida semantik va fonetik farqlanish vositasi ekanligini izohlaydi. Aniqlik/noaniqlik kategoriyasi tilda referentning aniq yoki noaniq ekanligini bildiradi. Bu kategoriya, asosan, rod (Geschlecht) va son (Zahl) kategoriyalari bilan birga olmoshlar va predikatlarning grammatik xususiyatlarini shakllantiradi. Nemis va o‘zbek tillarida aniqlik/noaniqlik kategoriyalarining roli va ishlatilishi farqli, chunki bu tillarda grammatik tizimlar va semantik shakllar o‘ziga xosdir. Kalit so‘zlar: o‘zbek va nemis tillarida olmoshga xos xususiyatlar, rod kategoriyasi, son kategoriyasi, umumiy va xususiy kategoriyalar, aniqlik, noaniqlik, predikativlik, olmoshlar evolyutsiyasi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZuhro Azimova
JurnalТуркологик тадқиқотлар
Nashr sanasi2026-07-30
Tilen
DOI10.5281/zenodo.22082579

Туркологик тадқиқотлар jurnalidan boshqa maqolalar

Туркологик тадқиқотлар — barcha maqolalar