Annotatsiya Mazkur maqolada nekronimlar va ular negizida shakllangan nekrotoponimlarning lisoniy tabiati, vujudga kelish omillari hamda lingvomadaniy xususiyatlari Jizzax viloyati Forish tumani onomastik merosi sifatida atroflicha o‘rganilgan. Tadqiqotda nomshunoslikdagi “nekronim” va “nekrotoponim” tushunchalarining chegarasi nazariy jihatdan aniqlanib, shaxs nomi va sakral dafn obidalarining metonimiya orqali oykonim, oronim hamda gidronimlarga ko‘chish (toponimik konversiya) qonuniyatlari ilmiy asoslangan. Maqolada Forish hududidagi ziyoratgoh va qadamjolar nomlarining leksik-semantik tarkibi, ulardagi diniy-ijtimoiy indikatorlar (ota, eshon, xo‘ja, avliyo, abdal) hamda ularning shakllanish modellari tahlil qilingan. Shuningdek, xalq og‘zaki xotirasidagi rivoyatlar, yozma vaqfnomalar, epigrafik bitiklar, XIX asr sayohatnomalari hamda etnografik ma’lumotlar bilan qiyosiy-tanqidiy jihatdan tekshirilgan. Natijalarda, asosan, Forish nekronimik qatlamida islomiy-tasavvufiy va islomgacha bo‘lgan dunyoqarash sintezidan hosil bo‘lgan o‘ziga xos lisoniy xotira fenomeni yetakchi o‘rin egalashini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot o‘zbek toponimikasining kam o‘rganilgan qatlamlarini tizimlashtirish, hududiy nomlarning etimologiyasini aniqlash hamda mintaqaning tarixiy-madaniy merosini lingvistik jihatdan rekonstruksiya qilishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: onomastika, toponimika, nekronim, nekrotoponim, toponimik konversiya, lingvomadaniyat, lisoniy xotira, indikator, Forish tumani, etimologiya.
| Mualliflar | Koshkar Xakimov, Rakhmatulla Shokirov |
|---|---|
| Jurnal | Туркологик тадқиқотлар |
| Nashr sanasi | 2026-07-30 |
| Til | uz |
| DOI | 10.5281/zenodo.22083773 |
DOI: 10.5281/zenodo.22083773 · Maqolaning asl sahifasi
Annotatsiya Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda yashab ijod qilgan va turkiy adabiyotni keng ko‘lamda boyishi uchun o‘z hissasini qo‘shgan nomanavis adiblar ijodi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Kichik lirik janrlardan…
Abstract This study examines the phraseological representation of the concept “Bala” in the Karakalpak linguistic worldview from semantic and linguocultural perspectives. The research material is based on phraseological…
Аннотация Статья посвящена анализу способов выражения временных отношений в русском и узбекском языках с опорой на сопоставительный подход. В качестве эмпирического материала используется художественный текст Л.Н…
Annotatsiya Mazkur maqola she’riy matnda esxatologik ong poetikasining badiiy ifodalanish xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda esxatologik tasavvurlarning poetik tafakkurdagi o‘rni, qiyomat, oxirat, o‘lim…
Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zlashma leksemalarning mazmuniy mundarijasida yuz beradigan semantik o‘zgarishlar muammosi ko‘rib chiqilgan. Bu jarayonda o‘zlashma leksemalardagi semantik torayish hodisasi batafsil tahlil…
Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zlashma leksemalarning mazmuniy mundarijasida yuz beradigan semantik o‘zgarishlar muammosi ko‘rib chiqilgan. Bu jarayonda o‘zlashma leksemalardagi semantik torayish hodisasi batafsil tahlil…
Аннотация Статья посвящена исследованию музыкальной терминологии тувинского языка в сфере искусства горлового пения «хоомей». Показано, что лексика этого направления формируется на стыке традиционных и заимствованных…
Abstract The Chinese nation has given birth to a profound and extensive Chinese culture during its long historical development, and within Chinese culture, there are many high-quality and precious intangible cultural…
Annotatsiya Maqolada o‘zbek va nemis tillarida son va jinsga oid umumiy va xususiy kategoriyalar, ular o‘rtasida kuzatiladigan morfologik hamda leksik parallelizm – jins kategoriyasining yo‘qligi, agglutinativ tuzilish…
Annotatsiya Ushbu maqolada XX asr boshlarida sobiq sovet davrida milliy madaniyat va til taraqqiyoti yo‘lida faol kurash olib borgan qozoq ma’rifatparvari va olimi Axmet Baytursinov (1872-1937)ning hayoti…