SHE'RIY MATNDA ESXATOLOGIK ONG POETIKASI

Dilshod Khursanov

Туркологик тадқиқотлар · 2026-yil

Annotatsiya

Annotatsiya Mazkur maqola she’riy matnda esxatologik ong poetikasining badiiy ifodalanish xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda esxatologik tasavvurlarning poetik tafakkurdagi o‘rni, qiyomat, oxirat, o‘lim, abadiyat va intihoning ramziy-semantik talqini hamda ularning obrazlar, motivlar, arxetiplar va badiiy til vositalari orqali ifodalanish mexanizmlari Rauf Parfining “Sakina” hamda Abduvali Qutbiddinning “Bor” she’riy to‘plamidan joy olgan esxatologik mazmun kasb etuvchi she’riy parchalar misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada esxatologik ongning individual va madaniy-estetik qatlamlari, lirik subyekt dunyoqarashi, poetik makon va zamon qurilishi bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Natijada she’riy matnda esxatologik ong poetikasining nazariy asoslari, o‘ziga xos kategoriyalari, yetakchi motivlari hamda badiiy-falsafiy mazmunni shakllantirishdagi funksional xususiyatlari metodologik jihatdan asoslanib, zamonaviy o‘zbek she’riyati poetikasini anglash, esxatologik tafakkurning estetik imkoniyatlarini yoritish hamda ushbu yo‘nalishdagi nazariy qarashlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: esxatologik ong, lirik qahramon, oxirat tasavvuri, badiiy motiv, poetik palingenez, xronotop, Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarDilshod Khursanov
JurnalТуркологик тадқиқотлар
Nashr sanasi2026-07-30
Tiluz
DOI10.5281/zenodo.22081313

Туркологик тадқиқотлар jurnalidan boshqa maqolalar

Туркологик тадқиқотлар — barcha maqolalar