QOZOQ TILSHUNOSLIGI VA ADABIYOTSHUNOSLIGIDA AXMET BAYTURSINOVNING O'RNI

B.I. Qodirova

Туркологик тадқиқотлар · 2026-yil

Annotatsiya

Annotatsiya Ushbu maqolada XX asr boshlarida sobiq sovet davrida milliy madaniyat va til taraqqiyoti yo‘lida faol kurash olib borgan qozoq ma’rifatparvari va olimi Axmet Baytursinov (1872-1937)ning hayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyati hamda ilmiy merosi yoritiladi. Bunda Baytursinovning qozoq tilshunosligi va adabiyotshunosligi terminologiyasini shakllantirishdagi o‘rni alohida ko‘rsatilib, uning “Tіл – құрал” va “Әдебиет танытқыш” asarlari ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Olim tomonidan yaratilgan terminlarning nazariy va amaliy ahamiyati, ularning bugungi qozoq ilmiy terminologiyasiga ta’siri hamda keyingi davr ilmiy an’analarga ko‘rsatgan bevosita yoki bilvosita ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, sovet davrida uning asarlariga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar natijasida qozoq adabiyotshunosligida yuzaga kelgan qayta shakllanish jarayonlari ham yoritiladi. Umuman olganda, matn Axmet Baytursinovning milliy terminologiya va ilm-fan rivojidagi o‘rni hamda uning ilmiy merosining tarixiy ahamiyatini kompleks tarzda ochib beradi. Kalit so‘zlar: Axmet Baytursinov, milliy terminologiya, qozoq adabiyotshunosligi, tilshunoslik, “Тіл – құрал”, “Әдебиет танытқыш”, ma’rifatparvarlik.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarB.I. Qodirova
JurnalТуркологик тадқиқотлар
Nashr sanasi2026-07-30
Tiluz
DOI10.5281/zenodo.22081210

Туркологик тадқиқотлар jurnalidan boshqa maqolalar

Туркологик тадқиқотлар — barcha maqolalar