MARKAZIY SEROZ XORIORETINOPATIYANING TURLI SHAKLLARINI DAVOLASHDA BO'SAG'A OSTI MIKROIMPULSLI LAZER TA'SIRINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

SH.A. Djamalova, D. Ch. Ibodullayeva, A. Sh. Aktamov

Передовая Офтальмология · 2024-yil

Annotatsiya

Dolzarbligi. Markaziy seroz xorioretinopatiya asosan mexnatga layoqatli yoshdagi kishilarda (39-51 yosh) uchrab, xoriokapillyarlar o'tkazuvchanligining oshishi, pigment epiteliy funksiyasining buzilishi, to'r parda neyroepiteylisi yoki pigment epiteliysining seroz ko'chishi, subretinal bo'shliqqa suyuqlik ajralib chiqishi kabi o'zgarishlar bilan kechadigan kasallik. Kasallikni davolashda turli spektrdagi lazer qurilmalar mavjud bo’lib, ularning samaradorligi va kamjarohatliligini aniqlash davolashning yangicha taktikalarini yaratilishiga turtki hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi. Markaziy seroz xorioretinopatiya kasalligining turli shakllarini bo'sag'a osti mikroimpuls lazer ta’siri yordamida davolash samaradorligini baholash. Materiallar va usullar. MSXR kasalligi bilan og'rigan 50 nafar bemorni (53 ta ko'z) tekshiruvdan o'tkazdik. Ularning 12 nafari (24%) ayollar (o'rtacha yoshi 32,4± 5,2) , 38 nafari (76%) erkaklar (o'rtacha yoshi 39,8±3,6) tashkil qildi. Davolash to’r pardaning seroz ko'chgan sohasiga 577 nm to'lqin uzunligidagi lazer "Easy Ret” (Quantal Medical (Fransiya)) qurilmasining bo'sag'a osti mikroimpuls tasiri berish orqali o'tkazildi. Natijalar va xulosa. O’tkazilgan lazer amaliyotidan 14 kun o'tgach asosiy guruhdagi 18 nafar (36%) bemorlarda subretinal suyuqlikning to'liq so'rilishi OKT tekshiruvlarida tasdiqlandi. 6 oy o’tgandan so’ng 42та кўзda (84 %) seroz ko’chishning to’liq ravishda so’rilishi kuzatildi, 2 nafar bemorda (4 %) kasallikning qaytalanishi kuzatildi. Bo'sag'a osti mikroimpuls lazer ta’siri amaliyoti o'tkazilgan bemorlarni tekshiruv va kuzatuv natijalari ushbu davolash usulining MSXR kasalligining turli shakllarini davolashda samaradorligi va xavfsizligini ko'rsatdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSH.A. Djamalova, D. Ch. Ibodullayeva, A. Sh. Aktamov
JurnalПередовая Офтальмология
Nashr sanasi2024-10-09
Jild10
Son4
Betlar15-17
Tilen
DOI10.57231/j.ao.2024.10.4.004

Передовая Офтальмология jurnalidan boshqa maqolalar

Передовая Офтальмология — barcha maqolalar