Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida muqobil energetika sohasiga oid terminlarning strukturaviy shakllanish xususiyatlari chog‘ishtirma-tipologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida mazkur sohaga oid yangi terminologik birliklarning ko‘payishi hamda ularni turli tillarda standartlashtirish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot materiallari 396 ta terminologik birlikdan iborat korpus asosida shakllantirilib, shundan 235 tasi ingliz, 161 tasi o‘zbek tiliga mansub birliklarni tashkil etadi. Terminlar sodda, yasama, qo‘shma, birikmali, ko‘p komponentli va abbreviativ birliklar sifatida tasniflanib, ularning miqdoriy va strukturaviy nisbatlari aniqlangan. Tahlil natijalari ingliz tilida yasama terminlarning, o‘zbek tilida esa birikmali terminlarning ustunligini ko‘rsatdi. Shuningdek, abbreviaturalar va qo‘shma terminlarning ikki tildagi qo‘llanish chastotasida sezilarli tafovutlar aniqlandi. Ushbu farqlar til tipologiyasi bilan bir qatorda xalqaro terminlarning o‘zlashtirilishi, so‘z yasash imkoniyatlari, tarjima va terminologik standartlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq holda talqin qilindi. Tadqiqot natijalari muqobil energetika terminologiyasining strukturaviy modelini aniqlash, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi terminologik muvofiqlikni takomillashtirish hamda o‘zbek tilidagi ilmiy-texnik terminlarni standartlashtirish uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
| Mualliflar | Sultanova, Muxlisa |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон университети хабарномаси |
| Nashriyot | Қўқон университети |
| ISSN | 2181-1695 |
| Nashr sanasi | 2026-08-19 |
| Jild | 19 |
| Betlar | 56-59 |
| Til | O‘zbek |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
muqobil energetika terminologiyasi, strukturaviy tasnif, chog‘ishtirma tilshunoslik, terminologik korpus, so‘z yasalishi, abbreviatsiya.
| APA | Sultanova, Muxlisa (2026). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL. Қўқон университети хабарномаси, 19, 56-59. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1770 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Sultanova, Muxlisa INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 56-59. |
| MLA | Sultanova, Muxlisa. “INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 56-59, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1770 |
| Chicago | Sultanova, Muxlisa. “INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 56-59 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1770 |
| Harvard | Sultanova, Muxlisa (2026) ‘INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 56-59. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1770 |
| BibTeX | @article{sultanovamuxlisa2026,
title = {INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUQOBIL ENERGETIKA TERMINLARINING STRUKTURAVIY TURLARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL},
author = {Sultanova, Muxlisa},
journal = {Қўқон университети хабарномаси},
year = {2026},
volume = {19},
pages = {56-59},
url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1770}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada yangilik janrining tarixiy shakllanishi, raqamli media muhitidagi taraqqiyoti va uni tavsiflovchi lingvistik-kompozitsion mezonlar tahlil qilinadi. Yangilikning qadimgi rasmiy xabarlardan bosma matbuot, efir va…
Maqolada o‘zbek pedagogika fanida “ma’naviy-axloqiy tarbiya” tushunchasining tuzilishi tahlil qilinib, tadqiqot maqsadlari uchun “pedagogik mexanizm” tushunchasining ishchi ta’rifi nazariy asoslanadi. Amaldagi…
Maqolada oʻzbek qahramonlik eposidagi ayol obrazini pedagogik nuqtai nazardan oʻrganishning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi – folklorshunoslik va pedagogika fanlari tutashgan nuqtada…
Maqolada “Go‘ro‘g‘li” turkumi (to‘rt doston: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Yunus pari”, “Hasanxon”, “Avazxonning o‘limga hukm etilishi” hamda “Xiromon Dali”) matni kontent-tahlil va aksiologik tasniflash metodlari…
Mazkur maqolada “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng keng tarqalgan badiiy-pedagogik mexanizmi – nasihat-vasiyat (didaktik monolog) – tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi…
Статья посвящена исследованию возможностей искусственного интеллекта в современном литературоведении. Актуальность темы связана с развитием цифровой гуманитаристики и использованием вычислительных методов при анализе…
В работе показаны основы межкультурной адаптивности и межкультурной чувствительности студентов в период академической мобильности, при обучении за рубежом, в современных условиях глобализации. Как известно, современная…
Maqolada o‘zbek tilida harakat va holat ifodalovchi fe’l, ravish hamda sifatlarning sinsetik tizimini yaratish masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi ushbu so‘z turkumlari uchun sinset tuzilishini…
В статье предпринята источниковедческая реконструкция обстоятельств, при которых готовился первый русский перевод романа Абдуллы Кадыри. В научный оборот вводятся три единицы делопроизводственной документации Союза…
Ushbu maqola XX asr o‘zbek she’riyatining ikki yirik vakili – Xurshid Davron (1952) va Matnazar Abdulhakim (1947-2013) ijodini qiyosiy-tipologik metod asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyektini…
Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi