Jahon va milliy adabiyotshunoslikda ayol obrazining umumiy tendensiyalari

Egamberdiyeva, Kamola

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada jahon va milliy adabiyotshunoslikda ayol obrazining shakllanishi, taraqqiyoti va badiiy talqinidagi umumiy tendensiyalar yoritiladi. Ayol siymosining hikoya janrida aks etishi, uning ruhiy olami, ichki kechinmalari, ijtimoiy maqomi hamda davr bilan bog‘liq taqdiriy o‘zgarishlari badiiy-estetik jarayon doirasida tahlil etiladi. Jahon adabiyotida ayol obrazi ko‘pincha insoniyatning ma’naviy qiyofasi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va tarixiy sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq holda tasvirlangan bo‘lsa, o‘zbek hikoyachiligida u milliy mentalitet, an’ana va qadriyatlar negizida talqin qilinadi. Maqolada ayol obrazining romantik, realizm va modernistik talqinlari, shuningdek, mustaqillik davri hikoyachiligida uning ruhiy-falsafiy mazmun kasb etishi masalalari ochib beriladi. Ayol qismati orqali davr muammolari, insoniy iztiroblar, ichki ziddiyatlar va ma’naviy izlanishlar ifodalangani ko‘rsatib o‘tiladi. Hikoya janrining o‘ziga xos xususiyatlari – syujet va xarakter birligi, ruhiy tahlil, ramziy tasvir vositalari orqali ayol obrazining estetik qimmati yuksalishi asoslab beriladi. Shuningdek, jadid davri hikoyachiligidan boshlab zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan jarayonda ayol siymosining badiiy talqini evolyutsion jihatdan ko‘rib chiqiladi. Mustaqillik davrida ijod erkinligi natijasida ayol ruhiyati yanada chuqurroq va individual yo‘sinda tasvirlana boshlagani, uning ichki dunyosi va falsafiy mushohadalari hikoya markaziga aylangani ta’kidlanadi. Natijada ayol obrazi nafaqat syujetni harakatga keltiruvchi unsur, balki butun badiiy g‘oyani mujassamlashtiruvchi estetik markaz sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarEgamberdiyeva, Kamola
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-02-11
Jild17
Betlar51-53
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

jahon va milliy, hikoya, ayol, badiiy adabiyot, ruhiyat, davr, taqdir.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAEgamberdiyeva, Kamola (2026). JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI. Қўқон университети хабарномаси, 17, 51-53. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1444
GOST (OAK)Egamberdiyeva, Kamola JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 17. – B. 51-53.
MLAEgamberdiyeva, Kamola. “JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI.” Қўқон университети хабарномаси, 17, 51-53, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1444
ChicagoEgamberdiyeva, Kamola. “JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI.” Қўқон университети хабарномаси, 17, 51-53 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1444
HarvardEgamberdiyeva, Kamola (2026) ‘JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI’, Қўқон университети хабарномаси, 17, 51-53. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1444
BibTeX
@article{egamberdiyevakamola2026,
  title = {JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI},
  author = {Egamberdiyeva, Kamola},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {17},
  pages = {51-53},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1444}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Egamberdiyeva, Kamola — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari