Maqolada temuriylar davrida turkiy aruzning shakllanishi va taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan risolalar: Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a”, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” va Zahiriddin Muhammad Boburning “Aruz risolasi”da keltirilgan bahr va vazn masalalari tahlil qilingan. Mumtoz poetikaga doir ilk turkiy risola hisoblangan “Funun ul-balog‘a” asarida bahrlar tasnifi va tavsifi o‘ziga xos yo‘nalishda amalga oshirilganligi ta'kidlanadi, muallif bahrlarning tarkibiy xususiyatlariga ko‘ra ularni ikki guruhga ajratib tasnif qilganligiga diqqat qaratiladi. Shuningdek, risolada 40ta bahr nazariy jihatdan tahlil etilganligi, ushbu bahrlardan 20tasi Shayx Ahmad Taroziygacha yaratilgan risolalarda mavjud bo‘lmaganligi, ularni muallifning o‘zi kashf qilganligi bilan bog‘liq ma'lumotlar ham keltiriladi. Maqolada Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida 19 bahr va u bilan bog‘liq holda 160ga yaqin vazn haqida ma'lumot berilganligi, Zahiriddin Muhammad Boburning “Aruz risolasi”da esa Navoiyning asariga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr: Ariz va Amiq bahrlari ham alohida tavsiflanganligi, jami “Aruz risolasi”da 21 bahr, 537 vazn keltirilganligi aytib o‘tiladi. Tahlil asnosida maqola muallifi turkiy aruzshunoslik temuriylar davrida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan degan xulosaga keladi.
| Mualliflar | Yusupova, Dilnavoz |
|---|---|
| Jurnal | Oltin bitiklar – Golden Scripts |
| Nashr sanasi | 2021-10-28 |
| Jild | 4 |
| Son | 4 |
| Til | Rus |
aruz, bahr, vazn, taqti', doira, musamman, musaddas
Adabiy shaxsiyat tushunchasi har kishiga xos bo‘lgan shaxsiyatdan farq qilib, adabiy va madaniy birikimdagi ijodkorning borlig‘ini ifoda etadi. Shu ma’noda, XV asr hukmdorlari va ayni damda madaniy auradagi yetakchilar…
Abdurauf Fitrat Turkiston jadidchiligining rivojida muhim rol o‘ynagan hamda o‘z asarlari bilan ushbu harakat g‘oyalarining yoyilishiga juda katta hissa qo‘shish barobarida XX asr boshlarida butun musulmon dunyosini…
Maqola badiiy adabiyotda munozara janrining taraqqiy etish tadriji va takomiliga bag‘ishlangan. Shuningdek, munozara so‘zining ma’nosi va u qanday vazifani bajaradi, adabiyotshunoslikda o‘rni qanday degan savollarga…
Данная статья посвящена вопросу аварских и булгарских границ в Европе в Раннем Средневековье. Период середины VI в. был временем обретения родины аварами. Это сопровождалось войнами с германцами-гепидами и славянскими…
Kesimning аn’anaviy grammatikada ot-kesim deb yuritilayotgan turi nisbiydir. Chunki ot-kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh singari so‘zlar bilangina shakllanmaydi. Ularda biz kesim deb sanayotgan ism…
Tilda boshqa tizimdagi tillarga xos grammatik shakllarning qo‘llanishi, ularning o‘sha tilga xos sintaktik qoliplarning va mazmuniy munosabatlarning ifodalanishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shunday…
Mazkur maqolada buyuk olim, xorazmlik alloma Abul Qosim Mahmud Zamaxshariyning mashhur diniy asarlaridan biri, Qur’oni karim tafsiriga bag‘ishlangan “Kashshof” (to‘liq nomi – “al-Kashshof fi haqoiqi g‘avomidi-t-tanzil…
Mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Ogahiy tomonidan 1825–1874-yillarda Xiva xonlari tarixiga bag‘ishlab bitilgan “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” va “Shohid…
Ushbu maqola XVI asrda yashab, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan yetuk manoqibnavis va tazkiranavis olim Faxruddin Aliy Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy Hiraviy (1463 – 1533) qalamiga mansub “Rashahot aynu-lhayot” (Hayot…
Ushbu maqolada “Go‘ro‘g‘li” (“Ko‘ro‘g‘li”) dostonining yetakchi motivlaridan biri – qahramonning initsiatsiyadan o‘tishi bilan bog‘liq talqinlarning mifologik va tarixiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Unda dostonning…