Autoimmun tireoidit (AIT) bilan kasallangan bemorlarda selen, rux va temir mikroelementlari darajasini baholash hamda ularning kasallikning klinik kechishida laborator ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini aniqlash. Tadqiqotga autoimmun tireoidit tashxisi qo‘yilgan 72 nafar bemor va 20 nafar sog‘lom nazorat guruhi kiritildi. Bemorlarda tireotrop gormon (TTG), erkin T4, erkin T4, tireoperoksidazaga qarshi antitanachalar (anti-TPO), tireoglobulinga qarshi antitanachalar (anti-TG), shuningdek qon zardobidagi selen, rux va temir miqdori o‘rganildi. Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi o‘tkazildi. AIT bilan kasallangan bemorlar qalqonsimon bez funksional holatiga ko‘ra eutireoz va gipotireoz guruhlariga ajratildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra sog‘lom nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslandi va statistik tahlil qilindi. Autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlarda selen va rux darajalarining sog‘lom shaxslarga nisbatan pasayishi kuzatildi. Mikroelementlar yetishmovchiligi ayniqsa qalqonsimon bez funksiyasi buzilgan bemorlarda ko‘proq namoyon bo‘ldi. Selen va rux mikroelementlarining yetishmovchiligi kasallik rivojlanishi va kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli AIT bilan kasallangan bemorlarda mikroelementlar holatini baholash kasallikni kompleks tashxislash va davolash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
| Mualliflar | Urunbayeva D.A., Sadikova N.G., Xudaybergenova Sh.B. |
|---|---|
| Jurnal | Гуманитар ва табиий фанлар журнали |
| Nashr sanasi | 2026-07-16 |
| Son | 35 |
| Betlar | 35-38 |
| Til | Rus |
autoimmun tireoidit, selen, temir, rux, gipotireoz, mikroelementlar, qalqonsimon bez, autoimmun kasalliklar.
Qalqonsimon bez tugunlari endokrin tizim kasalliklari orasida keng tarqalgan patologik holatlardan biri bo‘lib, zamonaviy ultratovush tekshiruvlari yordamida kattalar aholisining 40–60 % ida aniqlanadi. Tugunlarning…
Косоглазие (страбизм) является одним из наиболее распространённых офтальмологических нарушений у детей с синдромом Дауна (СД). Эта патология характеризуется несоответствием положения глаз, что приводит к ухудшению…
The neonatal period is considered one of the most critical stages of organismal development, during which the type of nutrition significantly influences the morphological and functional maturation of the digestive…
Ушбу тадқиқот оксидатив стресс биомаркерлари ROS-Reactive Oxygen Species (Кислороднинг реактив шакллари), MDA-Malodialdehyde (Малондиальдегид) ва TAC -Total Antioxidant Capacity (Умумий антиоксидант сиғим) ҳамда овариал…
Эрта ёшли болаларда уролитиаз муаммоси сўнгги йилларда долзарб тиббий масалалардан бирига айланмоқда. Бу ҳолат болаларда метаболик бузилишлар, ирсий омиллар, овқатланиш тартиби ва ташқи муҳит таъсири билан узвий…
Mazkur tadqiqot kosmetologik muolajalardan foydalanayotgan ayollarning psixologik motivlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda 18–45 yoshdagi 40 nafar ayol ishtirok etdi; so'rovnoma, Rozenberg o'z-o'zini baholash…
Posttraumatic osteomyelitis of the mandible is a chronic bone infection developing after fractures or trauma, often in patients with systemic comorbidities or local risk factors, and requires combined surgical and…
В статье представлены результаты исследования биоэлектрической активности головного мозга у работников горнорудной промышленности с профессиональной сенсоневральной тугоухостью. Проведено комплексное…
Проведен анализ результатов хирургического лечения 280 пациентов с послеоперационными вентральными и рецидивными грыжами, которым выполнялись различные варианты герниопластики, включая протезирующую пластику по…
Мазкур тадқиқотнинг мақсади юрак-қон томир тизими касалликлари билан оғриган ногиронлиги бўлган беморларда кардиометаболик хавф омилларини комплекс гигиеник баҳолашдан иборат. Тадқиқотда 140 нафар бемор иштирок этди…