| Nashriyot | Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети |
|---|---|
| Shahar | Toshkent |
| ISSN | 2181-9238 |
| Tashkil etilgan | 2017 |
| Nashr tillari | Ingliz, O‘zbek, Rus |
| Nashr davriyligi | yiliga 4 marta |
| Maqolalar soni | 82 |
| OAK holati | Ro‘yxatda |
Аlisher Navoiy ilmiy merosini eski oʼzbek yozuvidan joriy alifbolarga tabdil qilish saviya va sifatini tubdan yangilash, hozir isteʼmoldan chiqqan soʼzlarni toʼgʼri anglash, baʼzi soʼz va diniy atamalarga izoh berish…
Ushbu maqolada Alisher Navoiy she’riyatidagi “but” istilohining tasavvufiy ramz sifatidagi bir qanacha ma’nolari o‘rganilgan. Dastlab ushbu so‘zning Alisher Navoiy ijodidagi birlamchi, ya’ni o‘z ma’nosida qo‘llanilishi…
Maqolada badiiy asarni sharhlash tushunchasi, jumladan, katta bir asarni to‘liq – kitob holida sharhlash, lirik turning muayyan janrida yozilgan asarga sharhlar bitish singari an’analarning mavjudligi xususida so‘z…
Maqolada adabiyotshunosligimizda kam o‘rganilgan rind va rindlik masalasi xususida fikr yuritilgan. Rind tabiatini ochib berishda muhim o‘rin tutgan may istilohi ildizlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Rind…
Musulmon xalqlar adabiyoti tarixida ming yillar davomida ijod ahli uchun ilhom manbayi bo‘lib kelayotgan mavzulardan biri – Meʼrojdir. Meʼroj – payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga Аlloh tomonidan…
Mazkur maqolada arab xalqlari orasida tildan-tilga o‘tib kelgan Layli va Majnun haqidagi afsonaning doston shaklida forsiy va turkiy adabiyotga kirib kelishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Majnunning tarixiy shaxs yoki…
Maqolada XVII–XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropa adabiyoti, xususan, fransuz adabiyotida mavjud salib yurishlariga oid tarixiy ma’lumotlarning olmon adiblari ijodiga ta’siri o‘rganilgan. Salib yurishlari tasviri vositasida…
Maqolada futuvvat tushunchasi zamiridadagi fazilatlarning ma’no ko‘lami xususida turli shaxslar hayoti va faoliyatiga asoslanib xulosa chiqarilgan. Ushbu maslakning zamiridagi bag‘rikenglik, ma’naviy yuksak…
Mumtoz poetikaning nazariy asoslariga bag‘ishlangan arabiy, forsiy va turkiy tillardagi risolalarda ilmi aruz, ilmi qofiya hamda ilmi bade’ yaxlit holda taqdim etilgan va ularning aksariyati bir-birining taʼsirida…
1958-yili Turkiyada Ogah Sirri Levend (1897–1978) tomonidan Navoiy asarlari katalogi shakllantirildi. Katalogda Turkiya davlati fondlarida saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari nusxalari monografik tavsif…
Xalach eli turkiy el-uluslar orasida o‘ziga xos tili va turli voqeliklarga boy o‘tmishi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda Eronning markaziy qismidagi viloytalrda yashab, turmush yo‘sinida ko‘chmanchilik yetakchilik…
Ahmad Tabibiy mumtoz ijodkorlar an’analarini davom ettirib, deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. Hatto uning ijodida boshqa shoirlar ijodida kuzatilmaydigan o‘ziga xos janr namunalari bor. Bu lirik asarlar, asosan…
Ushbu maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakili shoir Husaynquli Muhsiniy (1860–1917) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoirning “Gulshani jovid” devonining O‘zbekiston Fanlar akademiyasi…
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz boy merosi bugungi kunda dunyo fondlarida saqlanib kelinmoqda va olimlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ajdodlarimizning dunyoqarashi…
Mazkur maqola “Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlar obrazlar tizimining tahliliga bag’ishlangan. Dunyo matnshunosligida ilohiy-ma’rifiy manbalar asosidagi sayyor syujetlar, jumladan, “ahsan-ul-qisas” deb ta’riflangan…
Maqolada asrlar davomida shakllangan e’tiqodiy qarashlarimizga tayanib, o‘zbek va tojik tillarida o‘zining ilohiy-irfoniy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-ta’limiy mavzulardagi nazmiy va nasriy asarlarini…
Maqolada Shermuhammad Munis tomonidan boshlanib, Muhammad Rizo Ogahiy davom ettirib yakunlagan “Firdavs ul-iqbol” asarining adabiy-estetik qimmati tadqiq qilingan. Tarixiy voqealar tasvirlangan bo‘lsa ham saj’ asosida…
Maqolada 905/1499 – 1500-yili Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan va hozirgacha Navoiy “Terma devon”i sifatida qaralgan qo‘lyozma tarkibiga ko‘ra, aslida, “Navodir un-nihoya” devoni ekanligi ko‘rsatib berilgan…
O‘zbek matnshunosligi va manbashunosligi sohalarida o‘tgan asrning o‘rtalarida Alisher Navoiy asarlarini tadqiq qilish, xususan, shoirning “Xamsa” dostonlari ommaviy nashrlarini amalga oshirish, ilmiy-tanqidiy…
O‘zbekiston hududida xalq kitobi ko‘rinishida vujudga kelgan Amir Temur haqidagi qissa va dostonlar alohida silsilani tashkil etadi. Ularning muayyan qismi forsiy tilda, boshqa bir qismi turkiy-chig‘atoy tilida…
Musulmon mintaqa madaniyati ma’naviy jihatdan yuksalishda bir qancha takomil bosqichlaridan o‘tdi. Bu bosqichlar ichida insonni ehson maqomiga ko‘tarilishida muhim hisoblangan tasavvuf tariqatlari bosqichi alohida…
Islom ta’limoti Iskandar mavzusining keyingi taraqqiyoti, Sharqdagi rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ulkan ta’sir uch muhim asos – Qur’on, hadis va tafsirlarga tayanadi. Iskandar mavzusida asar yozish an’anasi…
O‘zbek tilshunosligining areal lingvistika yo‘nalishi o‘zining rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda. Bu sohada A.Jo‘rayevning tadqiqoti metodologik vazifa bajarayotganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda…
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini juda ko‘plab yangiliklar, tajribalar bilan boyitdi. Jumladan, ulug‘ shoir debochanavislik an’anasini obrazlar sistemasi, kompozitsiya, uslub, badiiyat va mazmun jihatdan yuksak darajaga…
Maqolada o‘rta asr arab badiiy so‘z san’atining asosiy shakllaridan biri bo‘lgan saj’ – qofiyali nasrda bitilgan Abu Muhammad al-Qosim al-Haririy (1054-1122) ning maqomalarida qo‘llanilgan Qur’oniy iqtiboslar tahlil…
Maqolada Alisher Navoiyning oshiqona gʻazallarining badiiy qurilishiga oid oʻziga xosliklar tahlillar asosida ochib berilgan. Unda ulugʻ shoirning soʻz takroriga aloqador tasviriy vositalar va qofiya sanʼatlaridan…
Sharq mumtoz adabiyoti janrlari orasida qasida janri nisbatan qadimiyroq bo’lib, badiiy tafakkur taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Shu bilan birga madh klassik adabiyotda eng keng tasvirlangan masalalardan biri…
“Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plami Xorazm adabiy muhiti ijodkorlari lirik asarlarini o‘zida jamlagan yirik manba hisoblanadi. Majmua shoh farmoniga binoan XIX asrning ikkinchi yarmida Tabibiy…
Alisher Navoiy hayoti va ijodini tadqiq etish, asarlari mazmunini yoritish hamisha mashaqqatli va dolzarb vazifa. Shubhasiz, bunday ulkan vazifani matnshunoslik va manbashunoslikka oid tadqiqotlarsiz bajarib bo’lmaydi…