“Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plami Xorazm adabiy muhiti ijodkorlari lirik asarlarini o‘zida jamlagan yirik manba hisoblanadi. Majmua shoh farmoniga binoan XIX asrning ikkinchi yarmida Tabibiy tomonidan tuzilgan. Unda Tabibiyga zamondosh bo‘lgan ijodkorlar she’rlaridan ham namunalar kiritilgan. O‘z davri adabiy muhiti haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi mazkur manba hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti asosiy fondida 1134-raqami bilan saqlanadi. Majmuaning boshqa majmualardan farqi muxammas janridagi she’rlardan tarkib topgani bilan ajralib turadi. Ijodiy merosidan eng ko‘p namunalar kiritilgan shoirlardan biri Muhammad Hasan devon Hoji Tabib o‘g‘li Mutrib Xonaxarobdir.Maqolada Mutrib Xonaxarobning ustoz shoirlar Ogahiy hamda Feruz g‘azallariga bog‘lagan muxammaslari tahlil etilgan. Mutribning qo‘lyozma devon nusxalarida uchramaydigan muxammaslarining badiiy xususiyatlari o‘rganilgan. Unda shoir g‘azalining vazn, mazmun kabi qirralarni saqlashi va kiritgan yangiliklari, mazmundagi tadrijiylik rivojiga e’tibor qaratilgani birlamchi manbalar asosida dalillangan. Shoirning majmuaga kiritilgan muxammas hamda musaddaslari qo‘lyozma devonga ko‘chirilgan she’rlari bilan qiyoslanib, matnshunoslik hamda manbashunoslik aspektida o‘rganildi.
| Mualliflar | Madirimova, Sohiba |
|---|---|
| Jurnal | Oltin bitiklar – Golden Scripts |
| Nashriyot | Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети |
| ISSN | 2181-9238 |
| Nashr sanasi | 2023-05-12 |
| Jild | 1 |
| Son | 1 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-27 |
qo‘lyozma, majmua, masnaviy, g‘azal, she’r, muxammas, manba.
| APA | Madirimova, Sohiba (2023). “Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982. Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1). https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/59 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Madirimova, Sohiba “Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982 // Oltin bitiklar – Golden Scripts. – 2023. – T. 1, № 1. |
| MLA | Madirimova, Sohiba. ““Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982.” Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1), 2023. https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/59 |
| Chicago | Madirimova, Sohiba. ““Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982.” Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1) (2023). https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/59 |
| Harvard | Madirimova, Sohiba (2023) ‘“Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982’, Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1). https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/59 |
| BibTeX | @article{madirimovasohiba2023,
title = {“Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982},
author = {Madirimova, Sohiba},
journal = {Oltin bitiklar – Golden Scripts},
year = {2023},
volume = {1},
number = {1},
url = {https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/59}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Kesimning аn’anaviy grammatikada ot-kesim deb yuritilayotgan turi nisbiydir. Chunki ot-kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh singari so‘zlar bilangina shakllanmaydi. Ularda biz kesim deb sanayotgan ism…
Mazkur maqolada buyuk olim, xorazmlik alloma Abul Qosim Mahmud Zamaxshariyning mashhur diniy asarlaridan biri, Qur’oni karim tafsiriga bag‘ishlangan “Kashshof” (to‘liq nomi – “al-Kashshof fi haqoiqi g‘avomidi-t-tanzil…
Ushbu maqola XVI asrda yashab, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan yetuk manoqibnavis va tazkiranavis olim Faxruddin Aliy Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy Hiraviy (1463 – 1533) qalamiga mansub “Rashahot aynu-lhayot” (Hayot…
Maqolada Sharq va G‘arb adabiyotida eng ko‘p ishlangan obrazlardan biri – Iskandar obrazining badiiy adabiyotdagi talqinlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni va uning XVII…
Alisher Navoiy hayoti va ijodini tadqiq etish, asarlari mazmunini yoritish hamisha mashaqqatli va dolzarb vazifa. Shubhasiz, bunday ulkan vazifani matnshunoslik va manbashunoslikka oid tadqiqotlarsiz bajarib bo’lmaydi…
Sharq mumtoz adabiyoti janrlari orasida qasida janri nisbatan qadimiyroq bo’lib, badiiy tafakkur taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Shu bilan birga madh klassik adabiyotda eng keng tasvirlangan masalalardan biri…
Maqolada Alisher Navoiyning oshiqona gʻazallarining badiiy qurilishiga oid oʻziga xosliklar tahlillar asosida ochib berilgan. Unda ulugʻ shoirning soʻz takroriga aloqador tasviriy vositalar va qofiya sanʼatlaridan…
Maqolada o‘rta asr arab badiiy so‘z san’atining asosiy shakllaridan biri bo‘lgan saj’ – qofiyali nasrda bitilgan Abu Muhammad al-Qosim al-Haririy (1054-1122) ning maqomalarida qo‘llanilgan Qur’oniy iqtiboslar tahlil…
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini juda ko‘plab yangiliklar, tajribalar bilan boyitdi. Jumladan, ulug‘ shoir debochanavislik an’anasini obrazlar sistemasi, kompozitsiya, uslub, badiiyat va mazmun jihatdan yuksak darajaga…
O‘zbek tilshunosligining areal lingvistika yo‘nalishi o‘zining rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda. Bu sohada A.Jo‘rayevning tadqiqoti metodologik vazifa bajarayotganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda…
Oltin bitiklar – Golden Scripts — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi
Maqolada XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida yashab ijod etgan zullisonayn shoir — Muhammad Hasan Mutrib va uning lirik merosi manbalari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, shoirning bizgacha yetib kelgan merosi…
Mazkur maqolada “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ Ustyurt gaz-kimyo majmuasining ikkilamchi mahsuloti - piroliz moyini 96 % li sulfat kislota yordamida sulfolash jarayonining fizik-kimyoviy va texnologik qonuniyatlari tadqiq…
Mazkur maqolada ingliz tarixiy romanida sinekdoxaning lingvopoetik xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqot materiali sifatida Charlz Dikkensning “A Tale of Two Cities” romani tanlangan. Sinekdoxaning…
Ushbu maqolada Charlz Dikkensning “A Tale of Two Cities” (“Ikki shahar haqida qissa”) va Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanlari misolida badiiy matnda kinoya (ironiya)ning qo‘llanish xususiyatlari, uning…
Maqolada nafas olish tizimi patologiyalarini — jumladan, koronavirus infeksiyasi (COVID-19), pnevmoniya, oʻtkir respirator distress-sindromi (ARDS) va surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi fonida yuzaga keladigan oʻpka…
Annotatsiya. Maqolada inson va sun’iy intellekt (SI) o‘rtasidagi muloqot diskursining lingvistik o‘ziga xosligi tahlil qilinadi. Diskurs nazariyasining tizimshakllantiruvchi parametrlari – ishtirokchilar, xronotop…
Studies of literary metaphor usually begin from striking source-domain images and so miss how a text conceptualises its central abstractions. This article takes the opposite route. All occurrences of the lexemes naming…