Ushbu maqolada Alisher Navoiy she’riyatidagi “but” istilohining tasavvufiy ramz sifatidagi bir qanacha ma’nolari o‘rganilgan. Dastlab ushbu so‘zning Alisher Navoiy ijodidagi birlamchi, ya’ni o‘z ma’nosida qo‘llanilishi dostonlaridan olingan parchalar hamda lirik asarlardagi, xususan, g‘azallari misolida tekshirilgan. Shundan so‘ng muallif ushbu so‘z-tushuncha – timsolning maxsus tasavvufiy istiloh sifatida o‘zlik, nafs, Haq sifatlarining namoyon bo‘lishi kabi ma’nolari badiiy ifodasini tahlil etgan. Timsol mohiyatini to‘laroq ochish uchun u bilan parallel qo‘llanilgan oshiq, orif, shayx, zunnor, Ka’ba, may, zohid kabi timsollar ham o‘rganilgan. Tasavvufiy istilohlarning ma’nolarini kengroq izohlash maqsadida, avvalo, Alisher Navoiyning o‘z ta’riflari, shuningdek, tasavvuf nazariyasiga doir manbalar hamda Sayyid Ja’far Sajjodiy, Sayyid Sodiq Guharin va Sulaymon Uludag‘ning maxsus lug‘atlariga, zamonaviy tadiqiqotlarga ham murojaat qilgan.
| Mualliflar | Razzoqov, Alisher |
|---|---|
| Jurnal | Oltin bitiklar – Golden Scripts |
| Nashriyot | Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети |
| ISSN | 2181-9238 |
| Nashr sanasi | 2023-05-15 |
| Jild | 1 |
| Son | 1 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-27 |
Alisher Navoiy, badiiy ijod, tasavvuf, timsol, ramz, but, butxona, zunnor, zohid.
| APA | Razzoqov, Alisher (2023). Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867. Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1). https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/85 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Razzoqov, Alisher Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867 // Oltin bitiklar – Golden Scripts. – 2023. – T. 1, № 1. |
| MLA | Razzoqov, Alisher. “Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867.” Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1), 2023. https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/85 |
| Chicago | Razzoqov, Alisher. “Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867.” Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1) (2023). https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/85 |
| Harvard | Razzoqov, Alisher (2023) ‘Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867’, Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1). https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/85 |
| BibTeX | @article{razzoqovalisher2023,
title = {Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867},
author = {Razzoqov, Alisher},
journal = {Oltin bitiklar – Golden Scripts},
year = {2023},
volume = {1},
number = {1},
url = {https://goldenscripts.navoiy-uni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/85}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada XVII–XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropa adabiyoti, xususan, fransuz adabiyotida mavjud salib yurishlariga oid tarixiy ma’lumotlarning olmon adiblari ijodiga ta’siri o‘rganilgan. Salib yurishlari tasviri vositasida…
Mazkur maqolada arab xalqlari orasida tildan-tilga o‘tib kelgan Layli va Majnun haqidagi afsonaning doston shaklida forsiy va turkiy adabiyotga kirib kelishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Majnunning tarixiy shaxs yoki…
Musulmon xalqlar adabiyoti tarixida ming yillar davomida ijod ahli uchun ilhom manbayi bo‘lib kelayotgan mavzulardan biri – Meʼrojdir. Meʼroj – payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga Аlloh tomonidan…
Maqolada adabiyotshunosligimizda kam o‘rganilgan rind va rindlik masalasi xususida fikr yuritilgan. Rind tabiatini ochib berishda muhim o‘rin tutgan may istilohi ildizlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Rind…
Maqolada badiiy asarni sharhlash tushunchasi, jumladan, katta bir asarni to‘liq – kitob holida sharhlash, lirik turning muayyan janrida yozilgan asarga sharhlar bitish singari an’analarning mavjudligi xususida so‘z…
Аlisher Navoiy ilmiy merosini eski oʼzbek yozuvidan joriy alifbolarga tabdil qilish saviya va sifatini tubdan yangilash, hozir isteʼmoldan chiqqan soʼzlarni toʼgʼri anglash, baʼzi soʼz va diniy atamalarga izoh berish…
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini raqamlashtirish jarayonining institutsional rivojlanishi, raqamli davlat xizmatlarining kengayishi, boshqaruv samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi…
Oltin bitiklar – Golden Scripts — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi
Maqolada Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tarkibiga kiruvchi tuproqlari sharoitida g‘o‘za ekilgan tajriba dalasining butun vegitatsiya davomida suv iste’molini…
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…