Mazkur tadqiqotimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad - sinonimlarni leksik semantik sathda farqlanishga qaratilgan xorijiy ishlarni tahlil qilish va sinonimlarni farqlovchi kategoriyalarni umumlashtirilgan taksonomiyasini tanlab olish va uning o‘zbek hamda ingliz tillaridagi sinonimlar tahlili uchun maqbul ekanligini izohlash. Tadqiqotimizning vazifalari jahon tilshunosligida sinonimlarni farqlovchi faktorlar klassifikatsiyasi bilan shug‘ullangan ishlar bilan tanishish, turli olimlar tomonidan taqdim etilgan sinonimlarni farqlovchi xususiyatlar klassifikatsiyalarini o‘quvchilar uchun tushunarli va keng tarzda yritish,ularni solishtirish va har bir yo‘nalish variantni amaliy tekshirib ko‘rishdan iborat. Ushbu vzifalarni bajarishda biz deskriptiv, qiyosiy, komponent tahlili va tanqidiy-evaluativ metodlardan foydalandik. Xususan, deskriptiv metod elementlaridan foydalangan holda klassifikatsiyani tashkil etuvchi, ko‘p o‘quvchilar uchun yangi bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan farqlovchi belgilarni mazmuniy jihatdan bayon etishda foydalanildi. O‘rganilib chiqilgan klassifikatsiyalarni solishtirishda, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashda qiyosiy metoddan, klassifikatsiyalarning amaliy tarzda talqin qilishda qisman komponent tahlil metodidan hamda tadqiqotimiz asosiy maqsadini amalga oshirishda ya’ni o‘z tadqiqotimiz uchun zarur bo‘lgan variantni tanlashda tanqidiy -evaluativ yondashuvga tayandik. Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra esa P.Edmond klassifikatsiyasining G.Hirst va D.Inkpen tomonidan soddalashtirilgan ammo bir necha qo‘shimcha kategoriyalar bilan boyitilgan varianti o‘zbek va ingliz tilidagi sinonimlarni tahlil qilish uchun eng maqbul deb topildi va maqola matnida ushbu xulosa kerakli asoslar bilan toritildi. Izlanishlarimiz davomida shu a’yon bo‘ldiki, sinonimlar farqlarini turli yo‘nalishlar kesimida aniqlashga kirishgan tilshunoslardan Y.Apresiyan hamda F.Palmerlarning qarashlari ulardanm keyingi qilingan barcha ishlarda o‘z aksini topgan. Ammo turli davrdagi turli lingvistik muammolarni yechish uchun kirishgan olimlar Y.Apresiyan hamda F.Palmer klassifikatsiyalarini kerakli nuqtalarda chuqurlashtirganlar va lozim topilgan yangi bo‘limlarni qo‘shishgan.
| Mualliflar | HASANOVA, Gulhida |
|---|---|
| Jurnal | Lingvospektr |
| Nashriyot | Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети, “Modern Scientific Research” MChJ |
| ISSN | 3060-4958 |
| Nashr sanasi | 2025-12-27 |
| Jild | 12 |
| Son | 2 |
| Betlar | 728-746 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
Sinonimlar, sinonimik farqlar taksonomiyasi, stilistik (uslubiy) farqlar, emotsional-ekspressiv farqlar, denonativ ma’no farqlari, sintaktik va boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilishdagi farqlar, kontekstual – pragmatik farqlar.
| APA | HASANOVA, Gulhida (2025). SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI. Lingvospektr, 12(2), 728-746. https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1360 |
|---|---|
| GOST (OAK) | HASANOVA, Gulhida SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI // Lingvospektr. – 2025. – T. 12, № 2. – B. 728-746. |
| MLA | HASANOVA, Gulhida. “SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI.” Lingvospektr, 12(2), 728-746, 2025. https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1360 |
| Chicago | HASANOVA, Gulhida. “SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI.” Lingvospektr, 12(2), 728-746 (2025). https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1360 |
| Harvard | HASANOVA, Gulhida (2025) ‘SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI’, Lingvospektr, 12(2), 728-746. https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1360 |
| BibTeX | @article{hasanovagulhida2025,
title = {SINONIMLARNING LEKSIK SEMANTIK SATHDA FARQLANISHI},
author = {HASANOVA, Gulhida},
journal = {Lingvospektr},
year = {2025},
volume = {12},
number = {2},
pages = {728-746},
url = {https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1360}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada tarjima jarayonini modellashtirishning nazariy va amaliy asoslari, tarjimon kompetensiyasini shakllantirish mezonlari hamda semantik transformatsiyalar va ekvivalentlik muammolari chuqur tahlil qilinadi…
This article examines the connotative meanings and pragmatic effects of artificial intelligence (AI)–related neologisms in English and Uzbek educational discourse. The analysis focuses on how technological innovations…
This article examines the specifics of simultaneous interpreting in crisis situations, analyzing the unique challenges faced by interpreters working under extreme conditions. The research explores theoretical…
This study examines the comparative characteristics of humor in English and Uzbek-speaking cultures. English humor predominantly emphasizes individual experiences, irony, and linguistic play, while Uzbek humor focuses…
Ushbu maqolada o‘zbek tilidan ingliz tiliga yozma tarjima jarayonida so‘z birikmalarini tahrirlashning lingvistik, uslubiy va pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz tillarining tipologik farqlanishi…
Ushbu maqolada YUNESKO «Ta’lim va axborot texnologiyalari» instituti (2013) ta’lim siyosati modeli zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari bilan ilmiy integratsiyada tahlil qilindi. Chugh et al. (2025) va Kerimbayev…
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek onlayn gazeta matnlaridagi sarlavhalarning milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Media nutqining dinamik tabiatidan kelib chiqib, sarlavhalar o‘quvchining…
Interrogative sentences are central to human communication, enabling speakers to request information, confirm assumptions, and negotiate meaning. This paper examines the functional types of interrogative sentences in…
Non-categoric statements - those open-ended, flexible expressions that avoid strict judgments - play a key role in modern communication. This article explores their communicative and functional features across everyday…
Sun’iy intellekt (SI) tez sur’atlar bilan rivojlanib, jamiyatning deyarli barcha sohalariga kirib bormoqda va ilgari kuzatilmagan imkoniyatlar hamda yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu tadqiqot SI diskursining…
Lingvospektr — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi
This article addresses the systematic differentiation of action verb synonyms at the lexical-semantic level within a specific microfield. The study focuses on the microfield of “destructive and physically harmful…
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…