Oʻzbekiston janubiy hududlari catocalini (lepidoptera: erebidae) tribasi tur tarkibi

Yavkachev, Davronbek

FarDU ilmiy xabarlari · 2020-yil

Annotatsiya

Oʻzbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan Catocalini tribasi tangachaqanotlilari faunasi, biologiyasi va ekologiyasini hamda tarqalishini oʻrganish 2016 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan muddatda Qashqadaryo vohasining 14 manzilida amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida umume’tirof etilgan entomologik, morfologik va molekulyar-biologik uslublardan foydalanildi. Ilmiy izlanishlar natijasida Qashqadaryo vohasida Catocalini tribasining 1 ta kenja triba va 1 ta avlodiga mansub 24 ta turi aniqlandi. Mazkur tangachaqanotlilardan Catocala elocata turining son jihatdan ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi, 5 turning (Catocala electa, C.hymenaea, C.nymphaea, C.juncta, C.afghana) Oʻzbekiston entomofaunasi uchun ilk bor qayd etildi, 3 ta tur (Catocala timur, C.sponsa, C. afghana) ning kamyob va muhofazaga muhtoj ekanligi e’tirof etildi. Qayd qilingan turlar monovoltin hasharotlar bo’lib, ozuqa o‘simligiga ixtisoslashishiga ko‘ra oligofag (17 tur), polifag (3 tur) va monofag (3 tur) kabi 3 guruhga ajratildi. Catocala hariti turi lichinkasining ozuqa o‘simligi aniqlanmadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYavkachev, Davronbek
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2020-01-01
Jild7
Son2
Betlar5-13
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Lepidoptera, Noctuidae, Erebidae, Catocalini, Catocala, triba, lichinka, tuxum, monovoltin, oligofag, monofag, polifag., Lepidoptera, Noctuidae, Erebidae, Catocalini, Catocala, tribe, larva, egg, monovoltine, oligophagous, monophagous, polyphagous.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYavkachev, Davronbek (2020). OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 5-13. https://journal.fdu.uz/main/article/6954
GOST (OAK)Yavkachev, Davronbek OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2020. – T. 7, № 2. – B. 5-13.
MLAYavkachev, Davronbek. “OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 5-13, 2020. https://journal.fdu.uz/main/article/6954
ChicagoYavkachev, Davronbek. “OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 5-13 (2020). https://journal.fdu.uz/main/article/6954
HarvardYavkachev, Davronbek (2020) ‘OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 5-13. https://journal.fdu.uz/main/article/6954
BibTeX
@article{yavkachevdavronbek2020,
  title = {OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI},
  author = {Yavkachev, Davronbek},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2020},
  volume = {7},
  number = {2},
  pages = {5-13},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/6954}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2020-yil arxivi

Yavkachev, Davronbek — boshqa maqolalari

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari